O‘zbekiston | 08:13 / 09.11.2022
2326
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Jahon sayyohlik tashkiloti bilan ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘ini yaratmoqchi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatga tashrif buyurgan Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

UNWTO uchun O‘zbekiston yetakchi sheriklardan biri bo‘lib, tashkilot respublika bilan aloqalarni har tomonlama jadallashtirishga tayyorligi ma’lum qilindi

Ta’lim jabhasidagi aloqalarga alohida e’tibor qaratildi. Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" xalqaro turizm universitetini soha bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan mintaqaviy markazga aylantirish, UNWTOga a’zo mamlakatlar sayyohlik oliy o‘quv yurtlari rektorlari forumini o‘tkazish, tashkilot bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘ini yaratish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

2023 yil Samarqand shahrida o‘tkaziladigan UNWTO Bosh assambleyasi 25-sessiyasiga tayyorgarlik tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Zurab Pololikashvili 3 noyabr kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. U Samarqand va Toshkent shaharlari, poytaxt viloyatida bo‘ldi, 2023 yil Samarqand shahrida o‘tkaziladigan UNWTO Bosh assambleyasi 25-sessiyasiga tayyorgarlik bilan tanishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid