10 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Ukrainaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elçisi Nikolay Doroşenko bilan uçraşuv bölib ötdi.
Elçiga Ukraina mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya çeklovlarini çetlab ötib, ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi.
Ukraina tomonidan OAVda Özbekistonga oid notöğri ma’lumotlar tarqatilişiga yöl qöyilmasligi ta’kidlandi.
«Şu bilan birga, Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Ukraina tomonining rasmiy sörovlari kelib tuşgan taqdirda, ularni qiziqtirgan masalalarni örganiş va xolis ma’lumot berişga tayyor», deyiladi xabarda.
Öz navbatida, elçi Nikolay Doroşenko Özbekiston tomonining xavotirlari va uçraşuv natijalarini Ukraina Taşqi işlar vazirligi rahbariyatiga zudlik bilan yetkazişini işonç bilan bildirgan.
- 9 noyabr kuni Ukraina mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi vakili Vadim Skibitskiy La Repubblica uçun bergan intervyusida Özbekiston RFga sanksiyalarni aylanib ötişda yordam berayotgani, bu davlatga raketalar işlab çiqariş uçun zarur bölgan, Amerika va Yaponiya tomonidan işlab çiqarilgan qismlarni sotayotganini aytgandi.


















