AQŞ armiyasi ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi, general Mark Milli Rossiyaning Ukraina hududiga keng kölamli bosqini boşlanganidan buyon tomonlar bergan yöqotişlarga taxminiy baho berdi.

«Gap 100 mingdan ortiq halok bölgan va yaralangan rossiyalik harbiylar haqida bormoqda. Ehtimol, Ukraina tomoni bilan ham xuddi şunday raqamlar. Bu insoniyat uçun ulkan uqubat», dedi AQŞ prezidenti Jo Baydenning yuqori martabali harbiy maslahatçilaridan sanalgan Milli Nyu-Yorkdagi Iqtisodiy klubdagi çiqişi çoğida.
Şuningdek, harbiy harakatlar çoğida 40 mingga yaqin tinç aholi vakili qurbon bölgani aytilgan.
Milli tomonlarni muzokaralarga çaqirgan. Uning sözlariga köra, aynan hozir buning uçun imkoniyat paydo böldi.
«Harbiy ğalabaga, sözning töğri ma’nosida, harbiy vositalar bilan erişib bölmasligi mumkinligi va boşqa metodlarga ötiş kerakligi böyiça özaro tuşuniş yuzaga kelişi kerak», degan u.
Milli frontdagi harakatlar töxtaydigan yoki sovuq tufayli sekinlaşadigan qişki davrni muzokaralar uçun qulay vaqt deb atagan.
«Muzokaralar ötkaziş imkoniyati paydo bölganda, tinçlikka erişiş mumkin bölganda... fursatdan foydalaning», deya javob qaytargan Milli jurnalist savoliga.
Yöqotişlar

Milli yöqotişlar töğrisidagi bu ma’lumotlarni qanday olganiga aniqlik kiritmagan. Uning versiyasi tomonlar bergan rasmiy sonlardan ham, boşqa mustaqil manbalarning hisoblaridan ham sezilarli darajada farqlanadi. Umuman, barça versiyalar bir-biridan jiddiy farqlidir.
Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabining 9 noyabr kungi ma’lumotiga köra, uruş boşidan buyon 77 mingdan ortiq rossiyalik harbiylar halok bölgan. Rossiya mudofaa vazirligi sönggi bor yöqotişlar töğrisida 21 sentabr kuni xabar bergandi va 5937 kişining ölimini tasdiqlagandi.
Ukraina tomoni yöqotişlari haqida esa ma’lumotlar yanada kamroq. Avgust oyi oxirida Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni, general Valeriy Zalujniy 9 ming atrofida ukrain harbiysi halok bölganini ma’lum qilgandi. Yoz boşida esa Ukraina hukumati uruşda mamlakat qurolli kuçlarining 10 mingga yaqin harbiy xizmatçisi halok bölganini ma’lum qilgandi.













