LG Display kompaniyasi bugungi kundagi eng noodatiy displeyni taqdim etdi: uni heç qanday zararsiz bukiş, çöziş va ğijimlaş mumkin. Bunda, 12 dyuymli displey ölçami 14 dyuymgaça uzayadi. 

Texnologiya asosida kremniydan yasalgan elastik taglik yotadi. U kontakt linzalar materialiga öxşab ketadi va 40 mkm ölçamli mitti yoruğlik diodlariga va 100 ppi piksel ziçlikka ega. Şu sababli u istalgan şaklni olişi mumkin, deyiladi LG kompaniyasi xabarida. 

Foto: LG Electronics

100 ppi piksel ziçligi zamonaviy smartfonlar bilan taqqoslanganda kamroq tuyulişi mumkin. Ammo bu körsatkiç çöziluvçan displeyning debyut versiyasi uçun haqiqiy yutuq. Qayd etilişiça, displeyning elastikligi uning çidamliligiga ta’sir qilmaydi. 

Kompaniya 2024 yilgaça displeyni ommaviy işlab çiqarişni boşlamoqçi. Bunday displeylardan nafaqat bukiluvçan smartfonlarda, balki boşqa sohalarda ham foydalaniş, masalan, kiyim-keçak, mebel yoki avtomobil kuzovi panellariga örnatiş mumkin.