Prezident "Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Mamlakatda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, sohaga doir dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh soha xodimlari mukofotlandi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdumavlonova Nasiba Abduqodirovna - Toshkent viloyati 2-ruhiy kasalliklar shifoxonasining ayollar bo‘limi mudiri

Avezov Davlat Qurbanbayevich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi shoshilinch kardiologiya bo‘limi mudiri

Mo‘minov Xusanboy Najimidinovich - Oltinko‘l tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi bolalar anesteziolog-reanimatologi, Andijon viloyati

Abduhakimov Shosaid - Qorako‘l tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi psixiatri, Buxoro viloyati

Muxamedova Mashkura - Respublika qon quyish markazining qon va uning komponentlarini tayyorlash bo‘limi transfuziologi

Usmanov Rustam Muzaffarovich - Toshkent shahridagi 3-yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi

Xidirov Abdurasul Nurbayevich - Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi terapevti, Qashqadaryo viloyati

 

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Xakimova Zulfiya Xurmatovna - Toshkent tumanidagi «N.Boymuhamedov» qishloq vrachlik punkti mudiri, Toshkent viloyati