Marhum askarning otasi Rinat Sauletovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, öğlining ölimi böyiça qözğatilgan jinoyat işi 24 sentabrda tugatilgan.
“Dastlabki tergovda barça holatlar töla, har tomonlama va xolisona tekşirilib, yakuniga köra R.Qidiraliyevning vafotida biror bir şaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmagani sababli jinoyat işi 2022 yil 24 sentabr kuni JPKning 83-moddasi 2-bandiga (Gumon qilinuvçining qilmişida jinoyat tarkibi bölmasa) asosan tugatildi.
Tergov natijalariga köra, aniqlangan qonunbuzilişi, uning kelib çiqiş sabablari va bunga imkoniyat yaratib bergan şart-şaroitlarni bartaraf etiş töğrisida SSV, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boşliği hamda Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy Havo Kuçlari qöşinlari qömondonligiga taqdimnomalar kiritildi”, deyiladi Qarşi harbiy prokuraturasi hududiy harbiy prokurori S.Aşrapov imzosi bilan marhumning ota-onasiga yuborilgan rasmiy xatda.

Rinat Sauletov tergov va sud-tibbiy ekspertiza natijasidan qoniqmay yuqori turuvçi instansiyalar, jumladan, Oliy Majlis Senati va Prezident administratsiyasiga arz qilgani, murojaatlariga uşbu idoralardan emas, balki Harbiy prokuraturadan javob kelganini aytmoqda.
“R.Qidiraliyevning jasadini körikdan ötkaziş hamda sud-tibbiy ekspertiza davomida marhumning oyoğidagi, şuningdek, burnining öng tomonidagi qizil doğlar unga naşatir spirti yordamida birinçi tibbiy yordam körsatiş çoğida yuzaga kelgani aniqlandi. Jasadni közdan keçiriş vaqtida, murojaatlaringizda körsatilgan boşqa tan jarohatlari aniqlanmadi, marhumning tanasidagi boşqa özgarişlar sud-med ekspert tomonidan jasadni yorib körilişi natijasi hisoblanadi. Oyoqning öng tomonidagi kökariş şaklidagi tan jarohatlari ölim sababi hisoblanmaydi.
Sud tibbiy ekspertizasi komissiyasi xulosasiga köra R.Qidiraliyevning ölimi traxeobronxomalyatsiya deb nomlanuvçi tuğma kasallik va ötkir nafas yetişmovçiligi natijasida röy bergan. Şulardan kelib çiqqan holda 2022 yil 24 sentabr kuni JPKning 83-moddasi 2-bandiga (Gumon qilinuvçining qilmişida jinoyat tarkibi bölmasa) asosan jinoyat işi tugatilgan”, deyiladi Respublika harbiy prokurorining birinçi örinbosari B.Xudoyberdiyev imzosi bilan marhumning ota-onasiga yuborilgan javob xatida.



















