15 noyabr, seşanba kuni Yer aholisi soni 8 milliard kişiga yetdi. Bu prognoz Birlaşgan millatlar taşkiloti (BMT) saytida e’lon qilingan. Ayni paytda, Worldometer ma’lumot sayti hisob-kitoblariga köra, ertalabki vaqtlarda uşbu körsatkiç 8 milliardlik belgidan ötgan.

«Uşbu misli körilmagan ösiş soğliqni saqlaş, ovqatlaniş, şaxsiy gigiyena va tibbiyotning yaxşilanişi hisobiga örtaça umr köriş davomiyligining bosqiçma-bosqiç ortişi bilan boğliq. Bu şuningdek, ayrim mamlakatlarda tuğilişning yuqori va barqaror körsatkiçlari natijasidir», - deya qayd etadi BMT. Taşkilot 15 yildan keyin - 2037 yilga kelib sayyorada 9 milliard odam yaşaydi, deb taxmin qilmoqda. Şunday qilib, raqamlarning ösiş sur’ati biroz sekinlaşadi: aholi atigi 12 yil içida 7 milliarddan 8 milliardga ösdi. 

«Bu bizning xilma-xilligimizni nişonlaş, umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etiş uçun imkoniyatdir. Şu bilan birga, bu bizning sayyoramizga ğamxörlik qiliş uçun umumiy mas’uliyatimizni eslatadi», dedi BMT boş kotibi Antoniu Guterriş. 

Birlaşgan millatlar taşkilotining tuşuntirişiça, eng yuqori tuğiliş darajasi, qoida tariqasida, aholi jon boşiga eng past daromadga ega bölgan davlatlarda kuzatiladi. Yer yuzidagi odamlar soni asosan Afrika mamlakatlari hisobiga ösib bormoqda, bu ularning sayyoraning barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişiga tösqinlik qilişi mumkin. 

Şu bilan birga, iqlim özgarişiga eng yuqori daromad va iste’mol hajmiga ega bölgan mamlakatlar aholisi kuçli ta’sir körsatadi. Mutaxassislar nafaqat iqtisodiyotdagi özgarişlar, balki Yer aholisining ösiş sur’atining pasayişi, agar u «köp ön yillar davomida» davom etsa, global isiş tezligini çeklaşga yordam beradi, degan xulosaga kelyapti.