Prezidentning “Yirik maxsus iqtisodiy zonalarni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda Investitsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 1 martga qadar biznes uçun barça şaroit va infratuzilmaga ega har bir viloyatda 100 tadan korxonalar uçun yirik maxsus iqtisodiy zonalarni taşkil etiş çoralarini köradi.

Quyidagilar yirik maxsus iqtisodiy zonalar asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib belgilanadi:

  • taşqi bozorlarda talab etilayotgan va import örnini bosuvçi, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş böyiça zamonaviy işlab çiqarişlarni taşkil qiliş uçun töğridan töğri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etiş;
  • viloyat işlab çiqariş va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanişni ta’minlaş;
  • mahalliy xomaşyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini örnatiş hamda maxsus iqtisodiy zona iştirokçilari örtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş jarayonlarini çuqurlaştiriş;
  • viloyat işlab çiqariş va resurs salohiyatidan samarali foydalaniş asosida qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqarişni kengaytiriş, qayta işlaşni çuqurlaştiriş va ularning eksport hajmini oşiriş;
  • logistika xizmatlari körsatiş zamonaviy infratuzilmasini şakllantiriş, sanoat sohasidagi işlab çiqariş sub’yektlariga ular tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar eksportini taşkil etişda kömaklaşiş;
  • işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş va markirovka qiliş böyiça xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-işlab çiqariş markazlarini taşkil etiş va ular xulosalari xalqaro darajada e’tirof etilişini ta’minlaş çora-tadbirlarini amalga oşiriş;
  • maxsus iqtisodiy zonalar soha kadrlariga bölgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib çiqib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşni taşkil etiş, ular maxsus iqtisodiy zonalarda joylaşgan hududdagi taşkilotlarda işlab çiqariş amaliyotini ötaşida qatnaşiş.

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda Investitsiyalar vazirligi bilan birgalikda maxsus iqtisodiy zonalar taşkil etilgandan söng boşqariş uçun malakali xorijiy kompaniyalarni jalb qiliş çoralarini köradi.