Özbekiston elçixonasi kömagida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vaziri örinbosari Doniyor Rustamov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga amaliy safari taşkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Safar davomida Özbekiston delegatsiyasi Saudiya tomoni bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş böyiça hamkorlik aloqalarini örnatiş va uni jadallaştiriş istiqbollarini muhokama qilgani barobarida, Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan taşkil etilgan «Dunyoni osmon bilan boğlab» deb nomlangan forumda iştirok etdi.
Tadbir davomida Özbekiston tomoni Niderlandiyaning SES kompaniyasi bilan Özbekistonda zamonaviy yöldoşli aloqa tizimlaridan foydalaniş böyiça hamkorlik memorandumini imzolaş va One Web kompaniyasi bilan Özbekistonda xab stansiyasini quriş masalalari böyiça muzokaralar ötkazdi. Saudiya Arabistonining Radio va televideniye böyiça komissiyasi rahbari Muhammad bin Fahad Al-Harsiy, Xalqaro elektr aloqa ittifoqi Radioaloqa byurosi direktori Mario Maneviç bilan ikki tomonlama uçraşuvlar bölib ötdi.
Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş böyiça özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan amaliy harakatlar rejasini işlab çiqiş va hamkorlik memorandumini imzolaşga kelişib olindi.













