Toşkent şahrida kiçik yoşdagi bolalarni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş masalalari böyiça jahon konferensiyasi bölib ötdi. 15 noyabr kuni bu anjumanga Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşrif buyurdi.
Konferensiya dunyoda 2030 yilga qadar maktabgaça ta’lim sohasiga oid siyosatni belgilab oliş va bu boradagi xalqaro hamkorlikni kengaytirişga qaratilgan. Unda YuNeSKO Boş direktori Odri Azule, 150 ga yaqin mamlakatdan vazirlar va vakillar, xalqaro taşkilotlar mutasaddilari qatnaşmoqda.

Davlat rahbari nutqining avvalida soha böyiça dunyodagi vaziyatga töxtalib, millionlab bolalarning boşlanğiç bilim oliş imkoniyati çeklangani, mutaxassislar birgalaşib, maktabgaça ta’lim qamrovini oşirişi muhimligini aytdi. Özbekistonda «inson qadri, uning huquq va manfaatlari – oliy qadriyat» degan tamoyil asosida aholi uçun munosib turmuş şaroitlari yaratilayotgani ta’kidlandi.

«Bu borada, avvalambor, yoşlar va bolalarga e’tibor va amaliy ğamxörlik körsatiş, ularni jismoniy va ma’naviy barkamol etib tarbiyalaşga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Bolalarni kiçik yoşdan boşlab rivojlantiriş orqali kelajakda ularning özligini töla namoyon etişiga mustahkam zamin yaratayapmiz. Zero, bu ezgu maqsadimiz yölida sarflangan investitsiyalar ertaga bir neça barobar ortiği bilan qaytişiga şubha yöq», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Ilgari yurtimizda maktabgaça ta’lim bilan qamrab oliş körsatkiçi 27 foizga tuşib qolgan edi. Bolalar boğçalarida zamonaviy qöllanmalar yöq, binolari ta’mirtalab edi.

Şu bois davlat rahbari bu böğinga alohida e’tibor qaratib, barkamol avlodni aynan kiçik yoşdan tarbiyalaş siyosatini belgilab berdi. Özbekiston Prezidentining 2017 yil 30 sentabrdagi farmoniga muvofiq, Maktabgaça ta’lim vazirligi taşkil etildi. Boğçalar quriş va ta’mirlaş, ilğor tarbiya uslublari va metodikalarini joriy etiş böyiça köp işlar boşlandi.
Sohani rivojlantiriş uçun xususiy sektor kirib kelişiga ham imkoniyat yaratildi. Har bir tarbiyalanuvçi bola uçun davlat budjeti hisobidan subsidiyalar beriş yölga qöyildi. Olis va çekka hududlarda minglab oilaviy boğçalar taşkil qilindi.
Natijada sönggi yillarda maktabgaça ta’lim muassasalari soni 6 barobarga köpaydi. Tarbiyaçi va pedagoglar soni ham 3 barobarga ösib, 160 mingga yetdi. Şu tariqa, boğça yoşidagi 2 million 800 ming nafar boladan 2 million nafari maktabgaça ta’lim bilan qamrab olindi.


















