«Boş murabbiy sifatidagi faoliyatimni yakunlayman. Yordamçim Paulo Turruni jamoamizning navbatdagi murabbiyi etib tayinlayman, özim esa texnik direktor bölaman», — dedi Skolari Furacao Live'ga bergan intervyusida. 

Skolari ikki marta Braziliya milliy jamoasini boşqargan. 2002 yilda u jamoani 5-bor jahon çempioniga aylantirgan, 2013 yilda Konfederatsiyalar Kubogi qölga kiritilgan. 

Klublar miqyosida 74 yoşli mutaxassis ikki bor Libertadores Kubogini yutgan — 1995 yilda «Gremio» va 1999 yili «Palmeyras» bilan. Şuningdek, uşbu klublar bilan ikki marta — 1996 va 2018 yillarda Braziliya çempionatida ğolib çiqqan. 

Şuningdek, u Portugaliya milliy jamoasi (2003-2008 yillar) va «Çelsi»da ham işlagan. Portugallarni Yevro-2004da finalga, JÇ-2006da yarimfinalga olib çiqqan. 

Skolarining murabbiylik faoliyatidagi sönggi klubi ötgan mavsumda Braziliya çempionatida 6-örinni egallagan «Atletiko Paranaense» böldi.