Xudoyberganova Rimajon Matnazarovna 1942 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan. 1960-1966 yillarda Toşkent tekstil institutida ta’lim olgan. Mutaxassisligi – tikuvçi. 1966 yilda Urganç tikuvçilik fabrikasiga işga kirgan. 1972 yilda fabrika direktori qilib tayinlangan. 1980-yillardan boşlab partiya tizimida turli lavozimlarda işlagan. 1988 yil sentabr oyida Xorazm viloyati partiya qömitasi birinçi kotibi qilib saylangan. Bu hozirgi vaqtdagi viloyat hokimi lavozimiga teng.
1991 yildan boşlab ipakçilik va pillaçilik sohasidagi turli rahbarlik lavozimlarida işlab, 2007 yilda nafaqaga çiqqan.
Bundan qariyb 3 yil oldin Rimajon Xudoyberganova bilan hayoti va mehnat faoliyati haqida suhbatlaşgan edik.














