«Prezidentga meni işdan olavering deganman» - Xorazmni uç yil boşqargan Rimajon Xudoyberganova bilan suhbat
|16:39 / 21.02.2020192 72511 min
Xorazm viloyatini uç yil davomida boşqargan Rimajon Xudoyberganova Özbekistonning yangi tarixidagi sanoqli ayol rahbarlardan biridir.
U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ötmiş voqealarini xotirladi.
Rimajon Matnazarovna Xudoyberganova (1988 yil) / Şaxsiy arxiv
2020 yilning 18 fevral kuni Dilfuza Uralova Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi etib tayinlandi. Şundan söng Özbekistonda rahbar bölib işlagan ayollar, xususan, Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi bölgan Manzura Egamova, Xorazm viloyati Boğot tumani hokimi bölib işlagan Şakarjon Xöjaniyazova, Samarqand viloyati Samarqand tumaniga hokim bölgan Rahima Hakimova esga olindi.
Ammo Özbekistonning yangi tarixida bundan ham kattaroq miqyosda – viloyatga rahbarlik qilgan ayol ham bor. U Rimajon Xudoyberganova bölib, uç yil davomida Xorazm viloyatini boşqargan.
Rimajon Matnazarovna Xudoyberganova (2020 yil)
Ma'lumot örnida, Xudoyberganova Rimajon Matnazarovna 1942 yilda Xorazm viloyatida tuğilgan. 1960-1966 yillarda Toşkent tekstil institutida ta'lim olgan. Mutaxassisligi – tikuvçi. 1966 yilda Urganç tikuvçilik fabrikasiga işga kirgan. 1972 yilda fabrika direktori qilib tayinlangan. 1980-yillardan boşlab partiya tizimida turli lavozimlarda işlagan. 1988 yil sentabr oyida Xorazm viloyati partiya qömitasi birinçi kotibi qilib saylangan. Bu hozirgi vaqtdagi viloyat hokimligiga teng lavozimdir. Qayd etiş joizki, Rimajon Xudoyberganova öşa vaqtda viloyatni boşqarayotgan SSSRdagi yagona ayol bölgan.
78 yoşli Rimajon Matnazarovna hozir nafaqada. Turmuş örtoği Karim Zaripov bilan Urganç tumanidagi uyida yaşamoqda, nabiralarini tarbiyalab, keksalik gaştini surmoqda. Biz u bilan uçraşdik, ötmişdagi mehnat faoliyati qanday keçgani bilan qiziqdik, tarixdagi maşhur insonlar bilan boğliq voqealar haqida söradik.
Rimajon Xudoyberganova uruş va mehnat faxriylari davrasida / Şaxsiy arxiv
— Rimajon opa, keling tarixni sahifalaymiz. Siz Xorazm viloyati rahbarligiga qanday tayinlangandingiz?
— Xorazm viloyatiga rahbarlik qilişdan oldin turli lavozimlarda işlaganman. Köp yillar davomida Urganç tikuvçilik fabrikasiga, Xorazm viloyati tikuvçilik birlaşmasiga rahbar böldim.
Mavzuga oid
1983 yilda TsK KPSS qoşidagi ijtimoiy fanlar akademiyasini tugatdim. Şundan söng, viloyatning sanoat, transport va aloqa bölimida mudir böldim. Bir neça yil davomida ideologiya qömitasiga kotiblik qildim. 1987 yilda Özbekiston SSR Oliy Kengaşiga deputat qilib saylandim.
1988 yili Özbekiston SSR kompartiyasining boş kotibi Inomjon Usmonxöjayev Rossiyaning tikuvçilik fabrikalari bilan maşhur bölgan Ivanovo viloyatiga safar qilgan. U yerda rahbarlik qilayotgan Zoya Puxovaning işi bilan tanişib, taajjublangan. Ayol kişining katta viloyatda qilgan işlaridan yaxşi taassurotlar bilan qaytgan. Mana şu holat mening tayinlanişimga ta'sir qilgan deb öylayman. Şu yili Xorazm viloyati partiya qömitasi birinçi kotibligiga nomzod izlanganida Inomjon Usmonxöjayev mening nomzodimni yoqlagan. Barça hujjatlarim Moskvaga jönatilgan.
SSSR xalq deputatlari s'yezdida bir guruh deputatlar, jumladan Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan / Şaxsiy arxiv
— U paytlari viloyat rahbarlari Moskvada tayinlanganmi?
— Albatta. Nomzodim Toşkentda ma'qullanib, munosib deb topilib, bu haqdagi xulosa Moskvaga yuborilgan. U yerda barça hujjatlarim örganib çiqilgan. Şundan söng, meni Moskvaga, suhbatga çaqirişdi.
SSSR kompartiyasi MQ boş kotibi Mixail Gorbaçyov hujjatlarimni körib, «Bu ayolni taniyman, suhbatga çaqiringlar», deb topşiriq bergan. Çunki u bilan Toşkentda iş yuzasidan köp uçraşganmiz.
— Moskvadagi suhbat jarayoni qanday keçdi?
— Maxsus komissiya töplandi, unda Politbyuro a'zolari, olimlar, akademiklar bor ekan. Har xil savollar berildi.
KPSS MQ kotibi Yegor Ligaçyov bergan savol esimda. Juda qattiqqöl siyosatçi bölgan. «Neçta farzandingiz bor?», dedi. «Uç öğlim bor, biri Moskva viloyatida, ikkinçisi Belorussiyada harbiy xizmatda», dedim. Şunda yiğilganlar hayron qolişdi. «Bizda bir farzandini harbiy xizmatga zörğa yuborişadi, siz ikki farzandingizni yubordingizmi?», deb taajjublanişdi.
Akademiyani qizil diplom bilan tugatganman, uni körişdi. Diplom işim mavzusi bilan qiziqişdi. Rus tilini yaxşi bilişimga e'tibor qaratişdi, öşa paytda bu juda muhim edi. Özim özbek tilidagi maktabni tugatganman, ammo rus tilini yaxşi bilganman. Xullas, suhbatdan muvaffaqiyatli ötganman.
— Ayol boşingiz bilan viloyat rahbari sifatida işlaşdan qörqmadingizmi?
— Albatta qandaydir qörquv, hayiqiş böldi. Iş oğir bölişini tuşunganman. Korxona rahbari böliş boşqa, viloyatga rahbarlik qiliş boşqa. Mas'uliyat ham katta edi. Ammo özimda qat'iyat bölgan.
— Rahbarlikka tayinlanganingizni oilangiz qanday qabul qilgan?
— Rahmatli qaynotamning duosini, erimning ruxsatini olmagunça öqişga ham ketmaganman, rahbarlikni ham qabul qilmasligimni aytganman.
Rimajon Xudoyberganova paxta dalasida / Şaxsiy arxiv
— Viloyat rahbari sifatidagi iş kuningiz qanday keçgan?
— Ehhe, hamma mas'uliyat viloyat rahbarida bölgan. Tonggi soat 5da kirza etikni kiyib, dalaga çiqib ketardim. Şör yuviş, ekiş, kultivatsiya, şudgorlaş, melioratsiya, xullas, paxta bilan boğliq işlarni birinçi navbatda nazorat qilganman. Yonimda şu işlarni tuşunadigan mutaxassislarni olib yurganman. 4-5 soat dalada yurib, keyin işxonaga, kabinetimga borganman. Taşkiliy işlar bilan şuğullanganman. Maktablar, boğçalar, yaslilarni, şifoxonalarni, bolalar uyi şaroitlarini, oşxonalarini tekşirganman, nazorat qilganman. Paxta mavsumida esa umuman kabinetda ötirmaganman, har doim dalada bölganman. Keçqurun soat 9-10larda horib, çarçab, uyga qaytib kelganman. Ba'zan kun böyi ovqatlanmasdan, uyga borib, tuz totgan vaqtlarimiz ham bölgan.
— Xalq bilan qanday muloqot qilgansiz?
— Xalqni, murojaatçilarni özim qabul qilganman. Mendan oldingi rahbarlar yordamçisi, örinbosariga topşirişgan bölsa, men özim qabul qilardim. Özimning alohida qabulxonam bölgan. Şikoyatlarni yozib olib, joyiga borib örganganman. Agar tasdiqlansa, çora körganman.
Rimajon Xudoyberganova SSSR Boş Kotibi Mixail Gorbaçyov va boşqa siyosatçilar davrasida / Şaxsiy arxiv
— SSSR Boş Kotibi Mixail Gorbaçyov haqida nima deysiz?
— U bilan iş yuzasidan köp marta uçraşganman. Sodda, oçiqköngil inson. Mana bunga qarang (suratni körsatadi). Hammamiz suratga tuşmoqçi böldik. Bir çekkada turgandim, Gorbaçyov esa «Rimajon, keling, bu yerga ötiring», deb çaqirdi. Hatto Oliy Sovet raisi Anatoliy Lukyanovni örnidan turğizib, menga joy berdi (kuladi). Hammamiz birga suratga tuşdik. Ammo Gorbaçyovning ba'zi işlariga qöşilmaganman, uni tanqid ham qilganman.
— Sizning rahbarligingizda viloyatda yöllar, köpriklar, ijtimoiy soha obektlari qurildi. Ammo ulardan muhimini Amudaryo ustidagi ponton köprik deyişadi...
— Ha. Amudaryo ustida eski, yoğoç köprik bölgan. Bir yiğilişda SSSR Mudofaa vaziri köplab harbiy jihozlarni hisobdan çiqariş haqida gapirgan. Şunda men sözga çiqib, hisobdan çiqarilgan ponton köpriklarni bizga berişni söraganman. Xorazm va Qoraqalpoğiston aholisi qon-qarindoş, daryodan keçib, bir-birining oldiga borişga qiynalayotganini aytganman. Natijada, Amudaryo ustiga ponton köprik örnatildi. Yangi zamonaviy köprik qurilgunga qadar, şu ponton köprikdan köp yillar davomida foydalanildi.
YuNeSKO taşkilotining kumuş medali / Şaxsiy arxiv
— Sizda YuNeSKO taşkilotining kumuş medali bor. Nega taqdirlangandingiz?
— Xivadagi Içan-qal'a tarixiy majmuasida juda katta rekonstruksiya işlarini bajarganmiz. Pahlavon Mahmud ziyoratgohini ta'mirlab, xalq uçun oçib berganmiz. Xorazm viloyatidagi madaniy tarixiy yodgorliklarni saqlaş böyiça qilgan mehnatlarimni YuNeSKO şu tarzda taqdirlagan.
— Siz viloyat rahbari sifatida 3 yil mehnat qildingiz. Keyin boşqa işga ötkazildingiz. Şu haqda ham gapirib bersangiz.
— Rahbarlikdan böşatilişimga saylov masalasi asosiy sabab böldi deb öylayman. Prezident saylovida Islom Karimov viloyatimizda 36,7 foiz ovoz oldi, Muhammad Solih esa 57 foiz. Islom Abduğaniyeviçga: «Meni işdan olavering, örningizda bölganimda, özim ham şunday qilardim», deganman.
Buni raqobatçilarim uyuştirgan degan şubham ham bor. Bundan taşqari, ba'zi rahbarlar «biz erkakmiz, ayol kişi boşliq bölsa, boşimizni qanday kötarib yuramiz», deb arz qilişgani haqida ham eşitganman.
Mendan biror ayb topişolmadi. Ustimdan falonça uyi bor, falonça maşinasi bor degan ma'noda «yumaloq» xatlar yozişdi. Köp marta tekşirişdi, hatto qarindoşlarimning uylarini ham sanab çiqişdi. Bu ayblovlar isbotini topmadi.
SSSR boş vaziri Valentin Pavlov va Özbekiston SSR prezidenti Islom Karimov bilan (1991 yil) / Şaxsiy arxiv
— Işdan oliş jarayoni qanday bölgan?
— Katta yiğiliş ötkazildi. 1 kun oldin Toşkentdan Islom Karimov boşçiligida katta delegatsiya keldi. Işdan olinişimni delegatsiya a'zolarining xatti-harakatlaridan sezganman.
«Iş bor joyda kamçilik topiladi, qayğuga botmayman. 50 yoşga yaqinlaşdim, nabiralarimni öynatib ötiraman. Işdan olavering, ikki qölim mehnatga örgangan. Iş bersangiz işlayman, bermasangiz yöq», dedim yiğilişda.
«Sizga iş beramiz», dedi Islom Abduğaniyeviç. Zaldan esa: «Kerak emas!», degan ovoz yangradi.
«Rimajon yomon işlamadi. Unga iş bermasak bölmaydi», - deb yana bir bor ta'kidladi Islom Abduğaniyeviç.
Şundan söng, rahbarlikdan olindim, bu haqda yiğiliş qarori qabul qilindi. Keyingi faoliyatimda ipakçilik va pillaçilik sohasidagi rahbarlik lavozimlarida 15 yil işladim. 2007 yildan beri nafaqadaman.
— Özbekistondagi sönggi özgarişlarni kuzatib borasizmi, ularni qanday baholaysiz?
— Albatta kuzatib boraman. TV orqali yangiliklarni köraman. Özgarişlarni juda ijobiy baholayman. Oldingi rahbarlar hozirgi işlarning 10dan birini ham qilolmasdi. Davlat rahbarimiz insonparvar, xalqparvar ekan. Muhtojlarning boşini silayapti, uy-joylar beryapti, uylantiryapti. Mahbuslar ozodlikka çiqmoqda, reabilitatsiya qilinmoqda. Odamlarning moddiy ahvoli yaxşilanyapti. Juda ajoyib inson. 10 yil oldin davlat rahbari bölganida edi, balki şu inson bilan birga işlarmidik (kuladi)...
Rimajon Xudoyberganova ipakçilik sohasi xodimlarini taqdirlamoqda / Şaxsiy arxiv
Rimajon Xudoyberganova yöqlab, xotirlab borganimizdan juda xursand böldi, köngli kötarildi. Hozirda uyining bir xonasini kutubxona va mö'jaz muzeyga aylantirgan. Köplab kitoblarni, rahbarlik lavozimidagi köp yillik mehnati haqidagi, maşhur siyosat arboblari töğrisidagi noyob, tarixiy fotosuratlarni töplagan. Ularni bajonidil öquvçilarimiz e'tiboriga havola qildi.
Rimajon Xudoyberganova 2019 yil may oyida köp yillik halol va samarali mehnati tufayli 1 darajali Mehnat faxriysi kökrak nişoni bilan taqdirlangan.