Ukrainadan Qora dengiz orqali ğalla olib çiqib ketiş böyiça kelişuv 120 kunga uzaytirildi. Bu haqda mamlakat infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ma’lum qildi. Unga köra, qaror 17 noyabr, payşanba kuni Istanbulda tasdiqlangan.

«Kelişuv qişki şaroitlarni hisobga olgan holda joriy şartlar asosida tört oyga amal qiladi», dedi AFP’ga ismini oşkor qilmaslik şarti bilan Turkiyaning yuqori martabali rasmiysi. Unga köra, qiş mavsumidan keyin yangi kelişuvlar bölişi mumkin.

«Men barça tomonlarning Ukrainadan don, oziq-ovqat va öğit eksportida xavfsiz yuk taşişni rağbatlantiriş maqsadida Qora dengiz don taşabbusini davom ettiriş böyiça kelişuvini olqişlayman», dedi BMT boş kotibi Antoniu Guterriş. 

BMT, Turkiya, Rossiya va Ukraina örtasida 22 iyul kuni Ukraina portlaridan ğalla va tegişli mahsulotlarni xavfsiz eksport qiliş uçun dengiz yölaklarini yaratiş böyiça kelişuvga erişildi. Taşabbus 19 noyabrgaça amal qiladi va tomonlardan heç biri qarşilik qilmasa, u avtomatik ravişda 120 kunga uzaytirilişi mumkin edi. Qora dengiz don taşabbusida Turkiya kafil, BMT esa - kelişuvga guvoh. «Ğalla bitimi» doirasida Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri tösib qöyilgan Ukraina oziq-ovqat eksporti 1 avgustdan boşlab Ukrainaning uçta portidan - Odessa, Çornomorsk va Yujniydan amalga oşirildi. 

29 oktyabr kuni Rossiya Ukraina portlaridan qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş böyiça kelişuvlarda iştirok etişni töxtatdi va bu qarorni Sevastopol körfazida Rossiya Qora dengiz floti kemalariga uçuvçisiz uçoqlar hujumi bilan izohladi. Rossiya TIV matbuot xizmati kelişuvlar doirasida yaratilgan «yaşil yölak» göyoki kemalarga hujum qiliş uçun niqob bölib qolganini bildirdi. 

Biroq, 2 noyabr kuni Rossiya «ğalla bitimi»ni amalga oşirişni qayta boşladi. Moskva Kiyevdan insonparvarlik koridori va Ukraina portlaridan Rossiyaga qarşi harbiy amaliyotlar ötkaziş uçun foydalanilmasligi töğrisida zarur yozma kafolat oldi, deya tuşuntirdi Rossiya Mudofaa vazirligi. Öz navbatida, Kiyev Moskvaga yozma kafolat berganini rad etdi.