Ularning aytişiça, Assension orolining janubi-ğarbiy qirğoğida topilgan axlat Xitoy, Yaponiya va Janubiy Afrikaga tegişli.

London zoologiya jamiyati (ZSL) jamoasi beş hafta davomida u yerdagi plastik ifloslaniş darajasini baholadi.

Ularning xabar berişiça, dengiz jonivorlarining 900 dan ortiq turlari xavf ostida.

Foto: AP

Assension orolida quruqlik qisqiçbaqasi, fregat quşi va turli xildagi akula, toşbaqa, baliq va dengiz quşlari kabi plastik ifloslanişdan zarar körgan köplab turlar mavjud.

ZSL dengizni muhofaza qiliş guruhining dengiz biologi Fiona Llevelin BBSga bergan intervyusida şunday deydi: “Plastmassa ajoyib material, lekin u heç qaçon yöqolib ketmaydi. Orolning plastmassa bilan tölgan holatini körib yuragim ezilib ketdi. Ularning aksariyati boşqa joydan kelganini fahmlaş qiyin emas”. Şuningdek, biolog yirik brendlar va hukumatlar tartibsizlik uçun javobgarlikka tortilişi kerakligini qöşimça qildi.

Llevelin xonim va uning hamkasblari ekspeditsiya davomida plyajdagi bitta boşpanada 1000 dona plastik çiqindilarini va jami 7000 dan ortiq bölaklarni topdilar.

Foto: Reuters

Aholisi bor-yöği 800 kişi bölgan kiçik orol ekologik inqirozdan xavotirda. Hayvonlar plastmassani yutib yuborişadi, bu esa zarar yetkazişi mumkin. Mikroplastmassalar va ularning oziq-ovqat zanjirida qanday işlaşi haqida taşvişlar kuçaymoqda.

Orol qirğoqlarida yiğilib qolgan plastmassa uyumlari orasida plastik butilkalar, singan qattiq plastik bölaklar, baliq ovlaş asboblari va sigaret qoldiqlari mavjud.

Tabiat himoyaçilari odamlarni çiqindilarni taşlab ketmaslikka, tabiatni asraşga çaqirişmoqda.