Yevrokomissiya bayonotida aytilişiça, uşbu davlatlar Yevropaning vizasiz rejimiga kiriş şartlarini bajargan va unda iştirok etişdan «zudlik bilan foydalanişi» kerak. 

Şuningdek, bu davlatlar ötgan yillar davomida, jumladan, pandemiya davrida va yaqinda Ukrainadagi voqealarning «misli körilmagan oqibatlari»ga duç kelganda Şengen hududining normal faoliyatiga katta hissa qöşgan. 

Bolgariya, Xorvatiya va Ruminiya 2023 yildan boşlab Şengen hududiga qöşiliş niyatida. Endi u Yevropa Ittifoqining 22 mamlakati (Avstriya, Belgiya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya, Şvetsiya, Çexiya, Estoniya, Vengriya, Latviya, Litva, Malta, Polşa, Slovakiya, Sloveniya) va Yevropa Ittifoqiga a’zo bölmagan törtta davlatni (Norvegiya, Islandiya, Şveytsariya va Lixtenşteyn) öz içiga oladi. Şengen davlatlari röyxati oxirgi marta ön yildan köproq vaqt oldin, Lixtenşteyn qöşilganida yangilangan edi.