Avstraliya Rossiyadan 2014 yil iyulida Donbass osmonida raketa bilan urib tuşirilgan Malayziya aviakompaniyasining Boeing 777 yölovçi samolyoti halokatida aybdor deb topilgan uç kişini topşirişni talab qildi. Haaga okrug sudining MH17 işi böyiça hukmi Rossiya uşbu hodisa uçun javobgar ekanligini tasdiqlaydi, dedi 18 noyabr, juma kuni Avstraliya taşqi işlar vaziri Penni Vong jurnalistlarga. «Biz Rossiyani jirkanç jinoyatlari uçun sudga tortilişi maqsadida sudlanganlarni topşirişga çaqiramiz, - dedi Vong. - Rossiya tomonidan heç qanday böyin tovlaş, yolğon gapiriş yoki notöğri ma’lumotlar bu haqiqatdan qoçişga yordam bermaydi».

Avstraliya Taşqi işlar vazirligi rahbarining sözlariga köra, Rossiyaning bu odamlarni topşirişdan boş tortişi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan qattiq ayblov böldi. «Biz Rossiyaga aytmoqçimiz: siz qotillarga boşpana berayotganingizni butun dunyo biladi va odamlar siz haqingizda gapirmoqda, janob Putin», dedi Penni Vong Avstraliyaning ABC telekanaliga bergan intervyusida. 

Bir kun avval Haaga okrug sudi özini «DXR» deb e’lon qilgan hudud sobiq «mudofaa vaziri» Igor Girkin (Strelkov), general-mayor Sergey Dubinskiy va Leonid Xarçenkoni 2014 yil 17 iyulda sodir bölgan Malayziya aviakompaniyasiga tegişli Boeing 777 samolyoti halokatida aybdor deb topdi. Uçalasi ham sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. 

Sud tomonidan körib çiqilgan tergov xulosalariga köra, sudlanuvçilar jinoyat quroli - «Buk» zenit-raketa majmuasining (ZRM) Rossiyadan kelişiga hissa qöşgan va uning harakatlarini muvofiqlaştirgan, şu orqali «298 kişining ölimida asosiy rol öynagan». Şuningdek, sud MN17 reysi Pervomayskiy qişloği yaqinidagi daladan otilgan Rossiyaning «Buk» raketasi bilan urib tuşirilganini isbotlagan. 

Girkin, Dubinskiy va Xarçenko qurbonlarning yaqinlariga jami 16 million yevro tölaşga majbur böladi. Agar ular hukm kuçga kirgandan keyin sakkiz oy içida buni qilmasa, tovon Niderlandiya davlati tomonidan tölanadi, u esa mahkumlardan pul talab qiladi. 

Rossiya Haaga sudining MH17 işi böyiça çiqargan hukmini rad etib, uni siyosiy motivlarga ega, deb atadi. «Protsessning borişi va natijalari şuni körsatadiki, u Rossiyaning fojiaga aloqadorligi haqidagi Haaga va uning şeriklari, qöşma tergov guruhi tomonidan ilgari surilgan versiyani kuçaytirişga qaratilgan siyosiy buyurtmaga asoslangan», — dedi Rossiya TIV 17 noyabrda. 

Sudlangan rossiyaliklar Rossiyada. Ular Niderlandiyaga berilmaydi, deb xabar qildi «Interfaks» axborot agentligi huquq-tartibot organlaridagi manbaga tayanib. «Rossiya Konstitutsiyasida Rossiya fuqarolarini xorijiy davlatlarga ekstraditsiya qiliş töğridan töğri taqiqlangan. Şu sababli na bir, na ikkinçi mahkum ekstraditsiya qilinmaydi», - dedi agentlik suhbatdoşi.