Ilm – najot! Uni egallagan odam kam bölmagan, kam bölmaydi ham. Oddiy qorovulning qizi Halima Yoqub ham ilmi ortidan bugun rivojlangan mamlakatlardan – Singapurning prezidenti.

Halimaning otasi Yoqub hind musulmoni bölib, qorovullik qilib kun keçirgan. Onasi esa malay millatiga mansub bölgan. Halima 8 yoşligida otasi yurak xurujidan vafot etadi. Qorovullik ortidan haminqadar ötib turgan rözğorlarini tebratiş qiyin bölib qoladi.

Onasi beş farzandini boqiş uçun köçada taom sotib kun köra boşlaydi. Halima onasiga bu işda kömaklaşadi.

Halima Yoqub özining yoşlik yillari haqida şunday deydi: “Ön yoşimdan boşlab, maktabdan böş vaqtlarimda onamga yordamlaşişga majbur bölganman, stollarni artiş, idişlarni yuviş, tozalaş, kelganlarga xizmat körsatiş kabi işlarni yaxşi uddalay olganman.

Men özim kambağallikda hayot keçirdim va yaşaş uçun kuraş qançalik qiyinligini juda yaxşi bilaman”.

Foto: Reuters

Halima ikkinçi sinfda köp dars qoldirgani sababli maktabdan haydalişiga bir baxya qolgan, lekin onasiga yordam berişdan töxtamagan, öqiş va işni teng olib borişning uddasidan çiqqan.

Yöqçilik sabab maktabga borişda qiyinçiliklarga uçragan bölsa-da, qizaloq öqişga uquvli çiqdi. U fanlarni juda yaxşi özlaştiradi va maktabni imtiyoz bilan tamomlaydi.

Keyin u Singapur universitetiga kirib, 1978 yilda huquqşunoslik böyiça tahsil oladi. 47 yoşida, ya’ni 2001 yilda Singapur Milliy universitetida huquq magistri darajasini oladi. U 2016 yil 7 iyulda bu universitetning faxriy huquq doktori unvoniga sazovor böldi.

Qahramonimiz mehnat faoliyatini Milliy Kasaba uyuşmalari kongressida huquqşunos sifatida boşlagan. Tizimdagi namunali faoliyati ortidan, ayollarni rivojlantiriş kotibiyati va uyuşma yuridik xizmatlarining turli yönalişlari böyiça direktori böldi. U Xalqaro mehnat taşkilotining boşqaruv organiga saylangan birinçi singapurlik edi.

Halima turli kengaşlarda, şu jumladan Singapur Uy-joy va taraqqiyot kengaşi, Adolatli bandlik amaliyotlari böyiça uç tomonlama ittifoq, Ayollar uçun bandlikni tanlaş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça uç tomonlama işçi guruhi, Ijtimoiy xizmatlar milliy kengaşi kabilarda işlagan.

Ilk siyosiy debyuti 2001 yildagi saylovlarga töğri keldi, öşanda u Jurong regioni kengaşi a’zoligi saylangan. Siyosiy faoliyati davomida keyinroq jamiyatni rivojlantiriş, yoşlar va sport vaziri, keyin esa ijtimoiy va oilani rivojlantiriş vaziri etib tayinlangan.