38 yoşli Sunita Devi sentabr oyida baçadonini jarrohlik yöli bilan olib taşlaş uçun Bariyarpurdagi xususiy klinikaga boradi. Operatsiyadan söng, bemor şifoxonadan çiqarilgan, ammo uning soğliği tez yomonlaşa boşlagan.
Ayol zudlik bilan şifoxonaga yotqiziladi. Tibbiy körikdan söng, şifokorlar uning ikkala buyragi yöqligini aniqlagan. Uning qarindoşlariga esa gemodializ muolajasidan ötmasa, tirik qolişi dargumon ekanini aytişgan.
Uç farzandning onasi Sunita endi har kuni gemodializ olişi kerak. Uning ahvoli oğir deb baholanmoqda. Tirik qoliş uçun ayolga buyrak transplantatsiyasi zarur. Bunday operatsiyani kutayotganlar röyxati uzunligi sababli, ayolga navbat yetmasligi mumkin.
Devi Hindiston hukumatiga murojaat qilib, şubhali şifokorlarni jazolaşni söramoqda.
«Ikkala buyragimni olib taşlagan şifokorni zudlik bilan hibsga olinişini sörayman. Omon qolişim uçun uning buyraklari menga berilişi kerak», dedi u.
Voqeadan keyin politsiya tergov boşlagan. Ma’lum bölişiça, Devi murojaat qilgan xususiy klinika davlat röyxatidan ötmagan, şifokorlarning malakasi esa soxta ekani aniqlangan. Boz ustiga, ayolni operatsiya qilgan şifokorlar qoçib ketişgan. Biroq huquq-tartibot idoralariga köra, ulardan biri qölga olingan.












