Fransiyalik hujumçi Karim Benzema 2022 yilgi jahon çempionatini ötkazib yuboradi. Bu haqda Fransiya milliy jamoasi rasman ma’lum qildi.
«Real» futbolçisi çap son muşaklaridan jarohat olgani aniqlandi.
«Butun jamoa Karimning qayğusiga şerik bölib, uning tezroq soğayib ketişini tilaydi», — deb yozdi Fransiya milliy jamoasining «tvitter»dagi sahifasi.
«Oltin töp» sohibi bu mavsumda «Real» safida La Ligada 7 öyinda maydonga tuşib, 5 gol urgan.
Marca xabariga köra, «Mançester Yunayted» hujumçisi Antoni Marsiyal Benzema örniga Fransiya milliy jamoasiga çaqirildi.
Seşanba kuni Avstraliyaga qarşi 1-tur bahsida esa Olive Jiru asosiy tarkibda maydonga tuşişi kutilmoqda.
Bu mavsumda Marsiyal APLda 5 öyinda 2 gol va 2 golli uzatmani amalga oşirgan.
Karim Benzema 1978 yildan keyingi davrda jahon çempionatida iştirok etmagan ilk «Oltin töp» sohibi böldi.
44 yil avval «Hamburg» hujumçisi Kevin Kigan sovrinni qölga kiritgan, biroq Angliya 1978 yilgi mundialning final bosqiçiga çiqa olmagandi.













