«Nasaf» öz maydonida Iordaniyaning «Al-Faysali» klubini qabul qilib, irodali ğalabaga erişdi. Mehmonlar 1-bölimning oxirida hisobni oçib, tanaffusga ğolib sifatida çiqib ketgan bölişsa-da, 2-bölim boşida Nurulloyevning uzatmasidan keyin Lima Kruz hisobni tenglaştirdi – 1:1.

Oradan köp ötmay, Qarşidagi stadion navbatdagi marta larzaga keldi. Zafarmurod Abdurahmatov kuçli zarbasi bilan kambekka sabab böldi – 2:1.

68-daqiqada esa zaxiradan tuşganiga köp bölmagan Marko Stanoyeviç jarima zarbasidan yöllagan goli bilan öyin taqdirini amalda hal qildi – 3:1.

84-daqiqada mehmonlar penaltidan foydalana olişmadi. Obidaning zarbasini Ne’matov qaytarib qoldi.

Ikkinçi öyinda esa «Şarja» öz uyida «As-Sadd»ga mağlubiyatga uçradi – 0:2. 

Şu tariqa, «Nasaf» 10 oçko bilan guruh peşqadamiga aylandi. «Şarja» hisobida 8 oçko mavjud, «As-Sadd»da 7, «Al-Faysali»da 3 oçko bor. «Nasaf» sönggi 6-turda 4 dekabr kuni «As-Sadd» mehmoni böladi, «Al-Faysali» esa «Şarja»ni qabul qiladi.

OÇL. 5-tur. 27 noyabr (duşanba)
«Nasaf» – «Al-Faysali» (Iordaniya) – 3:1 (0:1)
Boş hakam: Kim He Gon (J.Koreya)
Gollar: Lima Kruz 47, Zafarmurod Abdurahmatov 50, Marko Stanoyeviç 68 – Roziq Muhammad Banixani 45+6.
VAR: Kim Jong (J.Koreya)
Foydalanilmagan penalti: Obida, 84 (darvozabon)
«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. Ğolib Ğaybullayev, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdurahmatov (21. Doniyor Narzullayev, 87), 9. Javohir Sidiqov (99. Azizbek Amonov, 46), 17. Suhrob Nurulloyev, 18. Bahrom Abdurahimov (88. Marko Stanoyeviç, 67), 19. Lima Kruz (70. Jambuli Jigauri, 67), 28. Şuhrat Muhammadiyev, 77. Oybek Bozorov, 92. Umarbek Eşmurodov (34. Şerzod Nasrullayev, 46)
«Al-Faysali»: 1. Nuriddin Zayd, 5. Husam Ali Abduahab, 6. Obida Ahmad Aş-Şamri, 11. Orif Haitxam (70. Ahmad Abu Şarex, 81), 19. Anas Volid Bani-Yassin, 20. Roziq Muhammad Banixani, 22. Xolid Zakariya Eid, 23. Ehson Xaddod (7. Amin Farid Al-Şanaynex, 60), 30. Muhannad Xayr Alsuliman, 77. Muhammad Al-kloub, 91. Xotam Ar-Ruşadi (14. Nizar Ar-Raşidon, 60).

Osiyo Çempionlar ligasi 5-turi doirasida OKMK öz maydonida «Al-Ittihod»ga qarşi saf tortdi.

Olmaliqdagi öyinda Karim Benzema, Fabino singari yulduzlarni köriş uçun 10 ming tomoşabin siğimiga ega stadion joriy mavsum ilk marta muxlislar bilan liq töldi. Öyinda mehmonlar forvardi Hamidullaning dubli Saudiya klubiga muhim ğalabani keltirdi. Öyin yakunida Boakening goli hisobni qisqartirdi, xolos – 1:2.