Kun.uz muxbiri Farğona viloyati Quva tumani “Yangi Hayot” MFY va Quvasoy şahri Qaqir qişloğida bölib, qişloq ahlining kunlik yumuşlari bilan qiziqdi.

Quva tumani “Yangi Hayot” MFY Soy böyi köçasida yaşovçi aholi içimlik suvini ança olisdan taşib keladi. Qişloq tabiiy gazdan uzib qöyilganiga ança bölgan, asfalt körmagan içki yöllar ham abgor holatda.

Xonadonlarning elektr ta’minotidan soatlab uzib qöyilişi esa odatiy holga aylanib bölgan. Kirib borgan xonadonimizda peçkaga ötin yoqilgan, oila a’zolari esa şam yoğdusida ovqatlanib ötirişardi.

Quvasoy şahar Qaqir qişloğida ham holat xuddi şunday. Elektr ta’minotidagi uzilişlarga aholi könikib qolgan. Şamol va yoğingarçilik kuzatilganda qişloqda kunlab elektr bölmaydi.

Qişloq ahli isiniş uçun tappi, kömir va ötindan foydalanadi. Içimlik suvi uçun hamma öziga quduq qazib olgan. Maktab öquvçilari çiroq öçib qolganda şam yoruğida dars tayyorlaşga majbur...

Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi: Jahongir Aliboyev