Eron hukumati AEXAga uranni yana bitta obektda - Fordodagi zavodda yuqori darajada boyitiş jarayoni haqida xabar berdi. Fordo va Netanzeda qöşimça sentrifugalar örnatildi.

Eron Fordodagi yerosti zavodida uranni 60 foizgaça boyitişni boşladi, deb xabar berdi Eronning yarim rasmiy ISNA agentligi 22 noyabr, seşanba kuni. Agentlik Tehrondagi rasmiylar Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlikka (AEXA) bildirişnoma yuborganini ta’kidladi.

Fordo va Netanze inşootlarida qöşimça sentrifugalar örnatilgani ham xabar qilingan. Eron boşqa atom zavodida uranni 60 foizgaça boyitmoqda. 2015 yilgi xalqaro yadroviy kelişuv şartlariga köra, Eron uranni 3,67 foizdan ortiq boyitiş huquqiga ega emas. Yadro qurolini işlab çiqariş uçun 90 foizgaça boyitiş zarur. 

Xalqaro yadroviy bitim bir neça yil oldin - öşa paytda prezidenti Donald Tramp bölgan Qöşma Ştatlar undan bir tomonlama çiqib ketganidan keyin öz faoliyatini töxtatdi. Öşandan beri uşbu kelişuvni saqlab qoliş uçun urinişlar qilingan, ammo ular hali heç qanday natijaga olib kelmadi. 

Yaqinda Eronda e’lon qilinmagan uçta joyda uran izlari topildi. Şu munosabat bilan, AEXA Boşqaruvçilar kengaşi 17 noyabr kuni AQŞ va «yevrouçlik»ning Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma (YaQş) böyiça kafolatlarga oid kelişuv majburiyatlarini bajarişga çaqiruvçi rezolyutsiyasini qabul qildi. 

Bundan taşqari, AEXA Erondan e’lon qilinmagan obektlarda topilgan yadroviy materiallarning kelib çiqişini zudlik bilan tuşuntirişni, hujjatlarni taqdim etişni va uşbu obektlarga kirişni ta’minlab berişni talab qildi. Eronning ISNA agentligi xabarida qayd etilişiça, Tehronning Fordodagi zavodda uranni 60 foizgaça boyitiş qarori uşbu rezolyutsiyaga javoban qabul qilingan.