Joriy yildan Toşkent tibbiyot akademiyasi ta’lim sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida xalqaro loyihalarni yölga qöydi. Mazkur loyihalar doirasida Hindistonning Neo institute taşkiloti 250 mln söm qiymatidagi tibbiy adabiyotlarni sovğa qildi.

23 noyabr kuni Toşkent tibbiyot akademiyasida bölib ötgan uçraşuvda Hindistondagi Neo institute taşkiloti özbekistonlik tibbiyot yönalişida tahsil olayotgan talabalar uçun umumiy qiymati 250 mln sömlik tibbiy adabiyotlarni sovğa qildi.

Joriy yilning avgust oyida TTA xalqaro faoliyatini kengaytirib, Hindistonning Dehli şahrida öz vakolatxonasini oçgan edi. Mazkur vakolatxona Toşkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati, xodimlari, professor-öqituvçilarining Hindistondagi yirik klinikalar, ta’lim maskanlarida malaka oşirişini ta’minlaş maqsadida oçilgan. Şuningdek, xorijlik talabalarning ham Toşkent tibbiyot akademiyasida ta’lim olişini yölga qöyiş közlangan bölib, 2022-2023 öquv yilining özida Hindistondan 250 nafarga yaqin yoşlarning ta’lim oliş uçun kelişi rejalaştirilgan.

Hamkorlikning yölga qöyilişi Neo institute tomonidan e’tirof etildi va bundan keyin ham hamkorlikda qöşma ilmiy loyihalar yaratilişiga kelişib olindi.
Toşkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati
















