“Sukut saqlama” (Nemolchi.uz) loyihasi bir qiz köçada avtomobilga majburan solinib, olib ketilgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Videoda Tracker avtomobili köp qavatli uylar joylaşgan mahallada töxtab, undan ikkita erkak tuşgani, yölda ketayotgan qiz ularni körib qoçgani, erkaklar qizni quvib yetib, sudragança maşinaga solib, olib ketgani körinadi. Qora rangli avtomobil raqami – 70 R 300 SA.

“Sukut saqlama” kanalida yozilişiça, voqea Toşkentda bölgan. Videoyozuvda bugungi sana – 24 noyabr, soat 07:35 körsatilgan.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning ma’lum qilişiça, voqea yuzasidan şahar IIBB tomonidan tezkor harakatlar olib borilmoqda.