23 noyabr kuni Rossiya qöşinlari Ukraina hududlari böylab yoppasiga raketa zarbalari yölladi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Kirill Timoşenko rossiyalik harbiylar «Ukraina energiya ta’minot obektlarini yöq qilişga urinayotgani»ni aytdi. Ukraina rasmiylariga köra, yangi raketa zarbalari oqibatida uç region töliğiça elektr ta’minotisiz qolgan: Kiyev, Odessa va Çernihiv oblastlari. «Ukrenergo» xabariga köra, otişmalar tufayli Ukrainaning barça hududlarida elektr energiyasi avariyaviy öçirilişi mumkin. Butun mamlakat böylab internet faoliyatida uzilişlar kuzatilmoqda. «Energetik terror davom etmoqda», — dedi Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak. Mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina böylab jami 67 raketa uçirilganini xabar qilgan. Politsiya ma’lumotiga köra, sönggi hujumlar oqibatida jami olti kişi halok bölib, 36 kişi jarohatlangan.

Ukrainadagi barça atom elektr stansiyalari energiya tizimidan uzilgan. «Energoatom» vakili Leonid Oleynik Janubiy-Ukraina AESning barça energiya bloklari tarmoqlar uzilişli tufayli favqulodda öçirilganini ma’lum qildi. «Stansiyalar bilan barçasi yaxşi. Elektr energiyasi uzatadigan joyning özi yöq», — degan u «RBK-Ukraina» naşriga. Xmelnitskiy AESning energiya bloklari ham energiya tizimidan uzilgan, bu haqda Xmelnitskiy oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Gamaliy (Xmelnitskiy şahri butkul elektrsiz qolgan) ma’lum qildi. Ukraina naşrlariga köra, Rivne AES ham elektr energiyasiga talab keskin qulaşi tufayli favqulodda holat rejimiga ötkazilgan. Köp ötmay Ukraina energetika vazirligi bugungi raketa zarbalari tufayli barça AESlar töliq, IES va GESlarning aksari vaqtinça öçirilganini ma’lum qildi.

Lviv töliğiça elektr energiyasi, issiqlik va içimlik suvisiz qolgan. Mahalliy ma’muriyatga köra, Lviv oblastida ikki raketa elektr nimstansiyasiga kelib tuşgan, natijada uç rayon elektr energiyasidan uzilgan. Lviv şahri meri Andrey Sadoviy şahar töliğiça elektrdan uzilganini ma’lum qildi. Elektr energiyasi uzilişi tufayli, issiqlik ta’minoti va içimlik suvi uzatilişi ham vaqtinça töxtagan. Lvivda tramvay va trolleybuslar harakatlanmayapti, svetoforlarning 70 foizi işlamayapti, havo hujumidan ogohlantiriş tizimi faoliyatida ham uzilişlar bölişi mumkin. Kiyev vaqti bilan soat 18:20 da Sadoviy iste’molçilarning 50 foizida elektr ta’minoti, 70 foizida suv ta’minoti tiklanganini xabar qildi.

Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçko poytaxt raketa zarbasi tufayli töliq içimlik suvi ta’minotisiz qolganini aytdi. Içimlik uzatiş töxtagaç, dökonlarda, şuningdek, suv tarqatiş punktlarida navbatlar yuzaga kelgan. Kiyevda, merning sözlariga köra, infratuzilma obektlaridan biri şikastlangan. Guvohlarning videolariga köra, zarbalar oqibatida bir neça avtomobil yonib ketganini köriş mumkin. Kliçkoning sözlariga köra, şaharda uç kişi halok bölgan, ulardan biri 17 yoşli qiz  edi. Yana 11 kişi jabrlangan.