Yevropa şaharlari tarmoği Eurocities va Yevropa Parlamenti Rossiya raketa hujumlaridan jiddiy zarar körgan Ukrainaning muhim infratuzilmasi işini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan «Umid generatorlari» kampaniyasini boşladi. Bu haqda 23 noyabr, çorşanba kuni Yevroparlament rahbari Roberta Metsola va Eurocities rahbari, Florensiya meri Dario Nardella matbuot anjumani çoğida ma’lum qildi.
«Biz uşbu kampaniyani boşlaşga va bir neça kun içida Ukraina uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlaşi uçun katta miqdordagi elektr generatorlarini ötkazişga tayyormiz», dedi Dario Nardella. Uning sözlariga köra, hozir «bir neça yuz generatorlar, hatto sanoat ölçamlari» haqida gap ketyapti. Nardellaning aytişiça, kelasi hafta Venada Eurocities tarmoğiga kiruvçi şaharlar merlarining yiğilişi bölib ötadi va unda «Umid generatorlari» taşabbusining aniqroq tafsilotlari muhokama qilinadi.
Keng miqyosli uruş boşlanganidan beri Rossiya Ukrainaga qarata 4000 dan ortiq turli turdagi raketalarni uçirdi, mamlakat infratuzilmasining yarmi zarar kördi, vayron qiliş darajasi ta’mirlaş işlari tezligidan oşib ketdi, dedi videoaloqa orqali matbuot anjumanida iştirok etgan Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak.
Uning sözlariga köra, «Umid generatorlari» aksiyasi «tariximizdagi eng oğir qişdan ötişga yordam beradi» va millionlab ukrainaliklarning uylariga, şuningdek, şifoxona va maktablarga elektr, suv va issiqlikni qaytariş böyiça sa’y-harakatlarni birlaştiradi. Uning ta’kidlaşiça, Ukraina hukumati uçun asosiy ustuvor vazifa energetika tarmoği faoliyatini qayta tiklaşdir. «Bizga yuqori voltli transformatorlar, relelar, akkumulyatorlar kerak, biz elektr energiyasini ham işlab çiqariş, ham uzatişni ta’minlaşimiz kerak», - dedi Yermak.
«Umid generatorlari» kampaniyasi doirasida Ukrainaga generatorlarni tezkor yetkazib berişni ta’minlaş maqsadida Yevropa Ittifoqining fuqarolik himoyasi mexanizmi işga tuşiriladi, dedi Roberta Metsola. Uning sözlariga köra, uşbu mexanizm doirasida «Ukraina uçun allaqaçon 500 ta generator ajratilgan». «Ammo Ukrainaga minglab uskunalar kerak», dedi Yevroparlament rahbari. Uning ta’kidlaşiça, «Umid generatorlari» kampaniyasi Ukrainaga yordamning yangi yönalişini faollaştirişga imkon beradi, bu esa mahalliy hokimiyat organlarini jalb qiladi. Aynan şu yordam şakli «bozorda generatorlar yetişmasligi, lekin ular şaharlar balansida borligi» şaroitida samarali bölişi mumkin.
Yevropa tomoni allaqaçon Ukrainadan turli turdagi binolarning işlaşini ta’minlaş uçun zarur bölgan generatorlar röyxatini oldi, dedi Yevroparlament rahbari. Köplab Yevropa şaharlarining merlari zarur bölgan qurilmalarni Ukrainaga ötkazişga tayyorligini e’lon qilişdi, ammo ularni manziliga yetkazişda yordam söraşdi. Metsola yana bir bor ta’kidladiki, generatorlar mavjud, ular foydalanişga tayyor va «Yevropa Ittifoqi fuqarolik himoyasi mexanizmi allaqaçon mavjud bölganligi sababli juda tez jönatilişi mumkin».












