“Davlat fuqarolik xizmatçisi bilan tuziladigan mehnat şartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlaş töğrisida”gi hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Namunaviy talablar iş beruvçi hamda davlat fuqarolik xizmatçisi örtasida tuziladigan mehnat şartnomasiga doir talablarni belgilaydi.

Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan şaxs bilan mehnat şartnomasi mehnat qonunçiligi asosida yozma şakllarda tuziladi. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlari siyosiy guruhiga kiruvçi davlat fuqarolik xizmatçilari bilan mehnat şartnomasi tuzilmaydi. Mehnat şartnomasida davlat fuqarolik xizmatini ötaş asoslari va şartlari, davlat fuqarolik xizmatçisi huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi, davlat fuqarolik xizmatini ötaş bilan boğliq çeklovlar, uni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilişga taalluqli qoidalar körsatiladi.

Mehnat şartnomasi nomuayyan muddatga va beş yildan köp bölmagan muayyan muddatga tuziladi. Quyidagilar mehnat şartnomasi tomonlari hisoblanadilar: iş beruvçi – davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va taşkilotlari rahbarlari; xodim – davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallayotgan şaxs.

Quyidagilar mehnat şartnomasi zarur şartlari hisoblanadi:

  • xizmatni ötaş iş joyi – davlat fuqarolik xizmatçisi şartnomada şart qilib körsatilgan mehnat vazifasiga köra mehnat faoliyatini amalga oşiradigan joy;
  • iş boşlaniş sanasi;
  • egallanayotgan davlat fuqarolik xizmati lavozimi töliq nomi;
  • davlat fuqarolik xizmatini ötaş asoslari;
  • davlat fuqarolik xizmatçisi tomonidan davlat fuqarolik xizmatini ötaş öziga xos xususiyatlari;
  • tomonlar huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligi;
  • davlat fuqarolik xizmatini ötaş bilan boğliq çeklovlar;
  • davlat fuqarolik xizmatçisi iş va dam oliş vaqtlari;
  • davlat fuqarolik xizmatçisi mehnatiga haq tölaş va xizmatiga nisbatan qöşimça rağbatlantiriş şartlari;
  • davlat fuqarolik xizmatçisi rotatsiya qiliş şartlari;
  • davlat fuqarolik xizmatçisi intizomiy javobgarligi;
  • davlat fuqarolik xizmatçisini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qiliş;
  • davlat fuqarolik xizmatçisi faoliyatini tugatiş asoslari;