«Sönggi avlod» (Letzte Generation) ekologik harakati faollari Berlin şahridagi Villi Brandt aeroporti hududiga yorib kirib, ikkita uçiş-qöniş yölagini tösib qöyişdi.

Ulardan ba’zilari özini asfaltga yelimlagan, boşqalari velosipedda yölak böylab harakatlangan. Şuningdek, ular «Hukumat buni uddalay olmasa-çi» yozuvli bannerni yoyişgan. Oqibatda samolyotlar parvozi töxtatib qöyilgan.

Aeroport matbuot xizmati xabariga köra, qonunbuzarlar aeroport hududidan olib çiqilgan va samolyotlar parvozi tiklangan. Şunday bölsa-da, ba’zi reyslar keçikişi mumkinligi aytilmoqda.

Foto: Twitter/Letzte Generation

4 noyabr kuni «Sönggi avlod» faollari Rim şahridagi Bonaparte saroyida maşhur niderlandiyalik rassom Vinsent van Gogning «Ekuvçi» kartinasi ustiga şörva quyişgan edi. 23 oktyabr kuni ular Potsdamdagi Barberini muzeyida Klod Monening «Piçan uyumlari» kartinasini kartoşka pyuresi bilan «bezaşdi». 

«Sönggi avlod» faollari bu aksiyalar orqali hukumatlarni iqlim özgarişlariga e’tibor qaratişga va tabiatni asrab qoliş uçun zarur çoralarni körişga çaqirmoqda.