Portugaliya an’anaga köra yirik xalqaro turnirga favoritlardan biri sifatida taşrif buyurgan. Kriştianu Ronaldu hamon bu jamoaning muhim futbolçisi sanaladi, lekin tarkibda uning örnini bosuvçi futbolçi topilmayapti. Buning örniga jamoada hozirning özida böy körsatgan va kelgusida ham yuzaga çiqişi mumkin bölgan muammolar bor.

Bugun Portugaliya guruh bosqiçidagi iştirokini Ganaga qarşi öyin bilan boşlaydi. Santuş bu öyinda yoş futbolçilarga köproq işonç bildirib, Krişni zaxira örindiğida qoldirişi mumkinmi?

Ganalik futbolçilar haqida köp narsa ma’lum emas, lekin u yerda ham bir qator qiziqarli futbolçilar bor. Tomas Partey — APLda yetakçilik qilayotgan «Arsenal»ning muhim futbolçisi, «Ayaks» yarimhimoyaçisi Muhammad Quddus esa joriy mavsumda YeÇLda porladi va tört gol urib, ikki golga uzatma berdi, endi esa Neymardan qolişmasligini da’vo qilmoqda. Bundan taşqari, Gana yaxşigina «transfer kampaniyasi» olib borib, «Brayton» himoyaçisi Tariq Lempti va «Atletik» forvardi Inyaki Uilyamsni tarixiy vatani uçun töp surişga köndirdi. Albatta, bu jamoani Portugaliyaga qarşi öyinda favorit deb bölmaydi, ammo bu yanvar oyida Afrika kubogini guruh bosqiçidayoq yakunlagan tarkibdan kuçliroq.

Ronaldu va uning mojarolari

Kriştianu şusiz ham Portugaliya termasidagi eng köp muhokama qilinadigan şaxs edi, ammo Pirs Morganga bergan şov-şuvli intervyusi bilan u butun jamoatçilik e’tiborini öziga qaratdi. Bu terma jamoa uçun yaxşimi yoki yomon — bahsli savol.

Bir tomondan, Kriş jamoadoşlarini e’tibordan çetda qoldirdi — endi faqat uni muhokama qilişmoqda, portugaliyalik boşqa yulduzlar bilan esa mamlakatdan taşqaridagilarning işi yöq. Nazariy jihatdan, bu masalan ötgan Yevropa çempionatida muvaffaqiyatsiz iştirok etgan Brunu Fernandeş yoki «Atletiko» uç yarim mavsumda 30 ta ham gol ura olmagan «oltin bola» Felişni ortiqça bosimdan xalos qiladi.

Boşqa tomondan, jamoaga bunday şovqin kerakmi, bunisi noma’lum. Kiyim almaştiriş xonasidan tarqalgan videolardan birida Fernandeş Kriştianuni körişdan u qadar mamnun emasligi aks etgan. Ronaldu öşa maşhur intervyusida bu vatandoşini «MYu»ning işga yetarli darajada professionallik bilan yondaşuvçi futbolçilari sirasiga kiritmagandi. Bularning bari kiyim almaştiriş xonasidagi muhitga qançalik ta’sir qilişi va bu öyinda qanday aks etişi — oçiq savol.

Kuçli tarkib va aralaş natijalar