Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatidagi maktablardan birida öquvçi qiz boşqa sinfxonadagi darsga xalal berib, öqituvçiga hujum qilgani aks etgan video tarqaldi. Andijon viloyat IIB xabariga köra, bu holat Uluğnor tumani, «Mingçinor» MFYda joylaşgan 17-sonli umumta’lim maktabida sodir bölgan.
Videoda öqituvçi 7-sinf öquvçisi bölgan qizga tanbeh bergani, şundan söng ular örtasida tortişuv yuzaga kelganini köriş mumkin.
Tortişuv janjalga aylanib, qiz stol ustidan sakrab oşib ötadi va öqituvçini tepadi. Boşqa öqituvçilar ularni ajratib qolişgan.
Bahs nimadan kelib çiqqani hozirça ma’lum qilinmadi.
«Hozirda mazkur holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Vaziyatga tölaligiça oydinlik kiritilib, huquqiy baho berilişi ta’minlanadi», – deyiladi IIB xabarida.

















