Giresun savdo-sanoat palatasi raisi Şukru Ataun va viloyat sanoat zonasi raisi Mete Baxadir Yilmaz bilan bölib ötgan alohida muzokaralar natijasi ölaroq, yaqin vaqt içida turk sanoatçilaridan iborat delegatsiyaning mamlakatga amaliy safarini uyuştirişga kelişib olindi.

Zara, H&M va C&A kabi dunyoga maşhur brendlar uçun töqimaçilik mahsulotlari yetkazib beruvçi - Kepsil Tekstil kompaniyasi boş direktori Ali Fatöğli Özbekiston töqimaçilik kompaniyalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş taklifini bildirdi.

Giresun viloyati Qora dengiz hududida joylaşgan bölib, aholisi soni 456 mingdan ortiq kişini taşkil etadi. Hududda sanoat, qişloq xöjaligi va turizm sanoati ravnaq topgan. Viloyatda 2 ta sanoat zonasi hamda xalqaro dengiz bandargohi mavjud. 

Mintaqa eksporti salmoqli qismini yoğoçsozlik, qadoqlaş, asbob-uskuna, pardoz-andoz buyumlari, funduk, töqimaçilik sanoati mahsulotlari taşkil etadi.