2022 yilning 26 noyabr kuni “NKMK” AJ Şimoliy kon boşqarmasiga qaraşli “Şarqiy” konida kon massasini qazib oliş jarayonida portlaş yuz bergan. Bu haqda “NKMK” AJ va Navoiy viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Viloyat prokuraturasiga köra, konning portlatiş işlari olib borilgan hududida ruda toşlarni oliş işlari bilan şuğullanayotgan EKG-40 rusumli ekskavator kabinasiga toğ jinslari köçmasi saçragan. Buning oqibatida kabinada bölgan maşinist Ş.Ş. tan-jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Bundan taşqari, ekskavatorda bölgan maşinist yordamçisi T.M. tan-jarohati olgan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi 2-son IIB tergov bölinmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotgan bölib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergovga qadar tekşiriş harakatlari Zarafşon ixtisoslaştirilgan prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, — deyiladi viloyat prokuraturasi bayonotida.
“NKMK” AJ matbuot xizmati esa maxsus tekşiriş komissiyasi tomonidan portlaş sabablari va baxtsiz hodisa tafsilotlari örganilayotganligini ma’lum qildi.
Oldinroq “Markaziy Amantoy” konida harakatdagi BelAZ rusumli avtoağdargiçida yonğin kelib çiqqan va buning oqibatda avtoağdargiç haydovçisi kuyiş tan jarohati bilan kasalxonada vafot etgandi.












