Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda mast haydovchi boshqaruvidagi Nexia kanalga tushib ketdi
Haydovchi mashinani mast holda haydab, boshqaruvni yo‘qotgan va kanalga tushib ketgan.
Qashqadaryo viloyati FVB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 26 noyabr kuni soat 3:30 larda qutqaruv xizmatiga Kasbi tumani Nazartepa mahallasidagi kanalga Nexia-1 mashinasi tushib ketgani haqida xabar berilgan.
Xabarga ko‘ra, voqea joyiga Kasbi tumani FVB va IIB mas’ullari yetib borib, holatni o‘rganishgan. Shundan so‘ng Nexia maxsus texnika yordamida kanaldan chiqarib olingan.

Dastlabki surishtiruvda Nexia Nishon tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan.
Surishtiruv davomida haydovchi mashinani mast holda haydab, boshqaruvni yo‘qotgani va kanalga tushib ketgani aniqlangan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
12:10 / 27.05.2026