Özbekiston 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 31,6 mln dollarga teng bölgan gilam eksport qilgan.

Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, gilam eksporti ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 3,4 mln dollarga kam. 

2022 yilning 10 oyida Özbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar orasida Qirğiziston birinçi örinni egallab turibdi – 18,2 mln dollar.

Undan keyingi örinlardan mos ravişda 4,2 mln dollar hamda 3 mln dollarlik gilam eksport qilingan Ozarboyjon va Afğoniston joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça körinişga ega böldi:

  • Rossiya – 2,9 mln dollar;
  • Qozoğiston – 1,3 mln dollar;
  • Tojikiston – 969 ming dollar.