«Ha, qöşimça muvofiqlaştirişni va hatto muzokaralarni talab qiladigan masalalar bor. Xususan, gap gaz sektori haqida ketyapti. Lekin biz qandaydir masalani dramalaştirmayapmiz. Men Vladimir Vladimiroviçga şunday masalalar borligini aytdim, ular muhokama talab qiladi, lekin mutlaqo dramatizatsiyani emas. Bu iş yuzasidan böladigan masalalar», dedi Töqayev. 

Qozoğiston prezidenti bu sözlarni Kremlda, Rossiya-Qozoğiston muzokaralaridan keyin Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin bilan bölib ötgan uçraşuvda aytgan. Uning sözlarini Interfax keltirmoqda.

Töqayev «tegişli kelişuvlarga erişamiz» deb işonç bildirdi. «Bundan taşqari, bugun Vladimir Vladimiroviç qandaydir uç tomonlama ittifoq tuzişimiz kerakligini aytdi va u Özbekiston prezidentiga qönğiroq qilmoqçi», — dedi Töqayev. 

Uning qöşimça qilişiça: «Kerakli natija va kelişuvga erişiş uçun biz ham bu masala mohiyatini tuşunib olişimiz kerak, har holda özim ham. Mutaxassislarimizni aytmasayam böladi. Nega endi yöq bölişi kerak?» deb xulosa qildi Qozoğiston rahbari.