Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Buxoro – Urganç – Xiva temiryölini elektrlaştiriş loyihasi böyiça taqdimot bilan tanişdi.
«Mamlakatimizda transport tarmoqlari izçil rivojlantirib kelinmoqda. Xususan, 2018 yilda Buxoro – Miskin temiryöli qurilib, Xivagaça masofa 242 kilometrga qisqargan edi. Şu bilan birga, elektr poyezdining unumdorligi 4,5 barobar yuqoriligini inobatga olib, mavjud temiryöllar elektrlaştirilmoqda. Sönggi yillarda Qarşi – Kitob, Pop – Namangan – Andijon hamda Qarşi – Termiz yönalişlari elektrlaştirildi.
Davlat rahbari xorazmliklar bilan uçraşganida 2024 yilda Xivaga tezyurar elektr poyezdi yölga qöyilişini aytgan edi va bu reja Özbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga möljallangan investitsiya dasturiga kiritildi. Şu tariqa, Buxoro – Urganç – Xiva temiryölini elektrlaştiriş boşlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Taqdimotda bu işlarning borişi va kutilayotgan natijalar haqida axborot berildi.

Mazkur loyihaning qiymati 445 million dollar. Şundan 270 million dollari Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan jalb etiladi. Loyiha doirasida Buxorodan Xivagaça bölgan 465 kilometr temiryöl tarmoği elektrlaştiriladi, bekat, nimstansiyalar va boşqa inşootlar quriladi.
«Yölning samaradorligi, şunga yaraşa, ança oşadi. Masalan, poyezdlarning yuqori tezligi soatiga 250 kilometrgaça böladi. Natijada yölovçilarning Toşkentdan Urgançgaça yetib boriş vaqti 14 soatdan 6 soatga, Buxorodan Xivagaça 8 soatdan 3 soatgaça qisqaradi. Bu xalqimizga katta qulaylik yaratib, turizm rivojida ham muhim omil böladi», deyiladi xabarda.

Tezlik evaziga temiryölning ötkazuvçanligi ham oşadi. Yuk taşiş imkoniyati yiliga 11 million tonnagaça, yölovçilar soni 2 million 300 ming nafarga yetadi. Poyezdlar elektr energiyasida yurişi hisobiga yiliga 18 ming tonna dizel yoqilğisi tejaladi.
Davlat rahbari loyihaning sifatli bölişiga alohida ahamiyat qaratdi.
«Avvalgi loyihalarda mutaxassislarimiz ança tajriba orttirdi, çet ellik konsultantlar ham jalb etildi. Endi asosiysi – işni sifatli bajariş. Bu yölni qança yaxşi qilsak, xalqimizga şaroit, turistlar uçun qulaylik, iqtisodiyotimizga manfaat böladi», – dedi Şavkat Mirziyoyev.















