Toşkent şahar hokimligi “Minerva City” investori Murari Lal Jalanning Kun.uz'ga bergan intervyusida şahar hokimiga nisbatan aytgan gaplarini huquqiy baho berilmagunga qadar “davlat xizmatçisini obrösizlantirişga qaratilgan” deb hisoblaşini ma’lum qildi.
“Murari Lal Jalanning gaplari asosli yoki asossizligini tekşiriş uçun va aybdorlarga nisbatan qonuniy çora körişlarini sörab Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga murojaat qilinadi.
Barça ommaviy axborot vositalarini Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan uşbu holat qonuniy asosda örganib çiqilgunga qadar, asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka çaqiramiz”, – deyiladi hokimlik e’lon qilgan bayonotda.
Murari Lal Jalan intervyuda yirik investitsion loyihani amalga oşiriş uning kompaniyasi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Toşkent şahar hokimligi örtasida tuzilgan uç tomonlama şartnoma asosida boşlanganini aytib, “Minerva City” uçun ajratilgan yerning olib qöyilişini şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning talabini bajarişdan boş tortgani bilan boğlab tuşuntirgan edi.
Eslatib ötamiz, “Minerva City” uçun yer ajratiş haqidagi Toşkent viloyati va Zangiota tumani hokimlarining qarorlari amaldagi tartibga zidligi sabab sud tartibida bekor qilingan. Investorning yuristi esa hokimlar yerni notöğri ajratgan bölsa, bu yerda investorning aybi yöqligini bildirgan.

















