Uçraşuvda tomonlar ikki mamlakat örtasidagi hamkorlik aloqalari, savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya, transport-logistika, agrosanoat, ilmiy-texnik sohalarida istiqbolli loyihalarni ilgari suriş, ta’lim va madaniy-gumanitar almaşuvlarni kengaytiriş hamda parlamentlararo hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Rossiya Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin parlamentlar imkoniyatlari doirasida ikkala davlat rahbarlari darajasida qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlaş muhimligini ta’kidlab, bugungi kunda Özbekiston Rossiyaning muhim iqtisodiy şerigi ekani, mamlakatlar örtasida savdo aylanmasi ösayotgani va bundan kelib çiqqan holda transport, sanoat, turizm va boşqa sohalarda aloqalarni kuçaytiriş zaruratiga urğu berdi.
Uçraşuv davomida xalqaro parlamentlararo taşkilotlar doirasida hamkorlikni mustahkamlaş muhimligi qayd etildi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

















