2020 yilda Belarusdagi norozilik namoyişlarining eng taniqli şaxslaridan biriga aylangan va ular tufayli sudlangan Mariya Kolesnikova reanimatsiyaga yotqizildi. Bu haqda 29 noyabr kuni Kolesnikova advokatiga tayanib, siyosatçi Viktor Babariko ştabi ma’lum qildi. Mariya 2020 yilda uşbu ştab a’zosi edi.

Ştab ma’lumotlariga köra, 28 noyabr kuni Kolesnikova Gomeldagi ayollar koloniyasidan «jarrohlik patologiyasi» bilan şahar tez tibbiy yordam şifoxonasiga olib ketilgan. U operatsiya qilinib, reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. «Hozir uning ahvoli barqaror oğir, biroq, yaxşilaniş kuzatilmoqda», deb yozdi 29 noyabr kuni ştab. 

Şifokorlarning aytişiça, operatsiya muvaffaqiyatli ötgan, Kolesnikova huşida. Ammo otasiga uni körişga ruxsat yöq. Şuningdek, advokat ham 17 noyabrdan buyon Kolesnikova bilan körişa olmayapti. 

Mariyaning qaçon kasal bölgani noma’lum, ammo u oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Şifokorlarning sözlariga köra, operatsiya muvaffaqiyatli ötgan, Mariyaning ahvoli hamon oğir, ammo u göyoki huşida va kerakli muolajalarni olmoqda. Uning otasi Aleksandr Kolesnikov şifoxonaga borgan, lekin xuddi advokati kabi unga bemor oldiga kirişga ruxsat berilmagan. Otaning şifokorlar bilan muloqoti Içki işlar vazirligi xodimlari iştirokida bölib ötdi, deb xabar berdi Babariko ştabi. 

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, Kolesnikovaning oşqozon yoki içak yarasi teşilgan. Şu bilan birga, tibbiyot xodimlari uning taşxisini hatto otasiga ham aytişdan boş tortmoqda. Buning uçun, göyoki, Mariyaning ruxsati kerak. Otaning şifokorlar bilan muloqoti Içki işlar vazirligi xodimlari iştirokida amalga oşirilgan. Kolesnikovani uç xodim qöriqlayapti: biri qurollangan va palata eşigi yonida, yana ikkitasi içkarida. Babariko ştab-kvartirasining xabar berişiça, 30 noyabr kuni Mariya reanimatsiya bölimidan jarrohlik bölimiga ötkazilişi kutilayotgan edi, biroq haligaça ötkazilmagan. 

Şifoxonaga yotqizilişidan oldin Kolesnikova qamoqxonadagi jarima izolyatorida bölgan. Noyabr oyining birinçi yarmida koloniya ma’muriyati unga nisbatan qöpol muomalada bölgani va «iş vaqtida kerakli joyda bölmagani» uçun jazo qöllagan. Kolesnikovaning qaçon va qança vaqtga izolyatorga joylaştirilgani noma’lum. Advokatga bir neça bor Mariya bilan uçraşişga ruxsat berilmagan. Şu boisdan u tegişli joylarga şikoyat qilgan va mijozining soğliğidan xavotirda ekanini bildirgan. Ammo murojaatlariga javob olmagan.