Yangi tizimga köra, prezident maslahatçisi Ğofurjon Mirzayev boşçiligidagi 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat işçi guruh 4 ta sektor kesimida tumandagi 29 ta mahallada faoliyat olib bormoqda.
Işçi guruh tuman hududida mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, har bir xonadonning şaroiti bilan tanişib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini örganib, ularni tezkor va samarali hal qiliş çoralarini körmoqda. Uşbu jarayonda asosiy e’tibor – oğir ijtimoiy ahvoldagi, yakka-yolğiz, boquvçisini yöqotgan insonlarni qiynayotgan masalalarga yeçim topişga qaratilmoqda.

Respublika işçi guruhining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, mas’ullar bevosita çekka hududlardagi qişloqlarda tunab, öşa yerda mahalla faollari, oqsoqollar, keksa nuroniylar, faollar bilan aholida mavjud muammolar xususida muhokamalar ötkazib, joyida yeçim izlaşmoqda.
Ayni paytga qadar Oqqörğon tumanining “Yoşlik”, “Madaniyat”, “Jağalboyli”, “Suvti”, “Qöştamğali”, “Mustaqillik”, “Xonobod”, “Eltamğali”, “Sulton Segizboyev”, “Tolovul” mahallalaridagi 920 ta xonadon va 15 ta ijtimoiy soha obekti örganilgan. Ularda aniqlangan 547 ta masalaning 76 tasi (13,8 foizi) hal qilindi, 471 ta masala böyiça çora-tadbirlar belgilangan.

Xususan, “Mustaqillik” mahallasida yaşovçi 70 yoşli oğir ijtimoiy ahvoldagi V.Vyatçinin davolanişi uçun Toşkent viloyati ixtisoslaştirilgan somatika şifoxonasiga yotqizilgan bölsa, “Madaniyat” mahallasidagi A. Mamazoitov xonadoniga 40 metr quvur tortilib, tabiiy gaz ta’minotiga ulab berilgan. Hududda taşkil qilingan çuqurlaştirilgan tibbiy körik natijasida ambulator şaroitdagi 36 nafar bemor kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlangan.
“Mustaqillik” mahallasidagi eskirgan simyoğoçlar beton ustunlarga almaştirilayotgan bölsa, “Yoşlik” mahallasi Zamahşariy köçasidagi suv quvurlari ta’mirlanmoqda.
Şu bilan birga, muddat va mablağ talab qiladigan qator masalalarni kelgusi yil dasturlariga kiritiş belgilangan. Jumladan, “Suvti” mahallasidagi yaroqsiz köprik ta’mirlanişi bilan kamida 400 nafar aholini öylantirayotgan tizimli masala hal qilinadi. Yoki “Xonobod” mahallasidagi 1960 yilda qurilgan 450 örinli 9-sonli maktabga qöşimça bino qurilişi rejalaştirilgan.


















