Uçraşuvda ikki davlat örtasida imzolangan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça amaliy çora-tadbirlar, Germaniya-Özbekiston Işbilarmonlar kengaşi 6-yiğilişi yakunlari yuzasidan qabul qilingan «Yöl xaritasi» muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, Germaniya bozoriga keng turdagi sifatli va raqobatbardoş Özbekiston mahsulotlarini yetkazib berişni taşkil etiş, Germaniya yetakçi kompaniyalarini jalb etgan holda qöşma sarmoyaviy loyihalarni amalga oşiriş zarurligi ta’kidlandi.

Özbekistonda nemis ta’lim uslublari va standartlaridan foydalangan holda kadrlar malakasini oşiriş markazlarini taşkil etiş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Germaniya tomoni işbilarmon doiralar vakillari özaro safarlari yuqori samaradorligi xususida töxtalar ekan, özaro hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida 2023 yili Germaniya yetakçi kompaniyalari iştirokida Özbekistonda biznes-forumi taşkil etişni taklif qildi.