Amerikaning People jurnali «Yil odami – 2022» nominatsiyasida tört nafar ğolib nomini e’lon qildi va şu orqali uni «Yil odamlari» deb özgartirdi.

Ular Metyu Makkonahi, Mila Kunis, Jyennifer Hadson va Kvinta Branson.

Taniqli Hollivud aktyori Metyu Makkonahi 2022 yil may oyida özining qadrdon Yuvald şahrida sodir bölgan ommaviy fojiali otişmadan keyin, qurol islohotini yoqlab çiqqan edi. Şundan söng, oradan bir oy ötgaç, Kongress tarixiy ahamiyatga ega bölgan qurol qonunini qabul qildi.

Amerikalik aktrisa Mila Kunis Rossiyaning keng kölamli bosqinidan söng, öz vatani Ukrainaga yordam beriş uçun 37 million dollardan ortiq xayriya mablağini yiğdi.

Amerikalik aktrisa va qöşiqçi Jyennifer Hadson odamlar uçun ijtimoiy telekörsatuv taşkil qildi va unda hammaga «özini jamiyatning muhim a’zosi» sifatida namoyon etiş imkoniyatini berdi.

Amerikalik yozuvçi va aktrisa Kvinta Branson avlodlar örtasidagi çegaralarni yöq qiluvçi Abbott Elementary loyihasini yaratdi. Bu barça yoşdagilar uçun komediya körsatuvidir.