Bugun, 3 dekabr kuni soat 02:00 da Toşkent şahar Şayxontohur tumani «Jarariq» MFY, Jarariq köçasida joylaşgan xususiy boğçada yonğin kelib çiqqani töğrisida şahar FVBga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra, 4 ta yonğin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:03 yetib borgan va yonğin soat 02:30 da qurşab olinib, soat 02:46 da bartaraf etilgan.

Yonğin natijasida bino 2-qavatining 200 kvadrat metr maydonda içki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvçilar harakatlari tufayli yonğindan binoning 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöqligi aytiladi.

Hozirda yonğin kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.