Uçraşuvda töqimaçilik sanoati, qayta tiklanuvçi energiya manbalari, qişloq xöjaligi va maşinasozlik sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantiriş hamda yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişni nazarda tutgan holda ikki tomonlama munosabatlarni faollaştiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Turkiya kompaniyasi Namangan viloyatida töqimaçilik yönalişida 250 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oşirişga tayyor ekanini bildirdi. AQŞ, Yevropa, Braziliya, Kanada va boşqa mamlakatlar bozorlariga möljallangan ip-kalava, momiq soçiq, uy-tekstil mahsulotlari, trikotaj, xom mato, böyalgan mato va boşqa töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişga asoslangan uşbu loyiha töliq amalga oşirilgaç, 12-15 mingta yangi iş örni yaratiladi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston tomoni loyihani hayotga tatbiq etiş barça bosqiçlarida, yangi investitsiya taşabbuslarini işlab çiqiş jarayonida har tomonlama yordam körsatişga tayyor ekanini bildirdi.