Amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘lgan O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Koreya Respublikasidagi yirik shaharlardan biri Ulsan shahri meri Kim Du Gyum bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Ulsandagi korxonalarda 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.
















