6 dekabr kuni Toşkent tibbiyot akademiyasida “Psixosomatik tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga bağişlangan yirik Xalqaro anjuman bölib ötmoqda. Konferensiyada Özbekiston, Turkiya va Yevropa davlatlaridan olimlar iştirok etişadi.

Tadbir “Jahon Tibbiyot psixologiyasi 100 yilligi va Özbekiston tibbiyot psixologiyasining 25 yilligi” ga bağişlab ötkazilyapti. Unda Özbekiston, Turkiya va yevropalik olimlar öz ma’ruzalari bilan iştirok etişadi.

Anjumanda Zarifboy Ibodullayevning “Özbekistonda tibbiyot psixologiyasi” ni rivojlantirişga qöşgan hissasi, muallif tomonidan yozilgan “Tibbiyot psixologiyasi” darslik va öquv qöllanmalari, şu fan böyiça magistratura yönalişining taşkil etilişi va soğliqni saqlaş tizimi uçun “Tibbiy psixolog” kadrlarni tayyorlaş bilan boğliq işlari alohida e’tirof etildi. Olim aholisi 35 mln bölgan Özbekiston uçun 150 nafar “Tibbiy psixolog” juda kamligini ta’kidladi va Özbekiston uçun kamida 2000 nafar tibbiy psixolog kadrlar zarurligini ma’lum qildi.

Anjumanda professor Şarif Barotovning Respublikada soğliqni saqlaş tizimida psixologik xizmatning yölga qöyilişi , professor Vasila Karimovaning oiladagi zörovonlik va uydan beziş sindromi, Trukiyalik professor Aynur Feyzi Oglibning Keksa yoşdagilarda neyropsixologik muammolar, professor Barno Xolmatovaniing bolalik va ösmirlik davrida psixosomatik buzilişlar muammosi, professor Abdulla Begmatovning psixosomatik tibbiyotda gipnoterapiyani qöllaş va professor Konstansiya Paul gerontopsixologiya muammolari yuzasidan çiqişlari bölib ötadi.

Anjuman söngida tibbiyot institutlarida “Tibbiy psixologiya va psixoterapiya” kafedralarini taşkil etiş, yirik şifoxonalarda “Psixosomatik tibbiyot bölimlari” ni yaratiş, maslahat poliklinikalarida “Tibbiy psixolog” kabinetlarini oçiş töğrisida rezolyutsiya qabul qilindi.

TTA axborot xizmati Ⓣ