“Bizning vazifamiz – odamlarimizni xonadonida gaz bilan ta’minlaş, şuningdek, tabiiy gaz yordamida issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiya işlab çiqarib, elektr energiya yetkazib berişdir.
Töğri, e’tirozlar bor. Hammaga ham yetib bormayapti, juda köp öçişlar bölyapti. Biz buni tan olamiz, heç kim inkor etmayapti. Şu ob-havo şaroitida rejali çeklovlar kiritgan holda [vaziyatdan] çiqib ketmasak, ertaga bundan-da jiddiyroq talafot bölişi mumkin. Şuning uçun bunday keskin çoralar körişga majburmiz”, – dedi vazir.
Jörabek Mirzamahmudov Farğonaning Özbekiston tumanidagi “Şörsuv sement” nomli sement zavodi işçilarining internetda tarqalgan jamoaviy murojaatiga ham munosabat bildirdi. Murojaatda xodimlar zavod gazdan uzilgani sababli işsiz va daromadsiz qolişganini aytişgandi.
“Farğonadagi holatga keladigan bölsak, yana bir bor ta’kidlab ötamiz, boşqa alternativ yoqilğida işlaşi mumkin bölgan barça obektlar havo keskin şunaqa paytda tarmoqdan uziladi. Bu yerda biroz börttirib gapirilgan, 10 mingta [işçi işsiz qolyapti] deb. Bu sement işlab çiqariş korxonasining 10 mingta emas, yuzdan sal oşiqroq işçilari bölgan.
Hamma biladiki, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bor, ğişt zavodlari, yangidan qurilayotgan sement zavodlar barçasi kömir, ya’ni alternativ yoqilğida işlaşi kerak. Hozir bu [Farğonadagi] zavodni tabiiy gazga kim ulagan, kim ruxsat bergan, buni alohida örganib çiqamiz. Lekin korxona rahbarlari şartnoma şartlariga köra vaqtida ogohlantirilgan. Işçilar bilan tegişli tarğibot işlarini olib borişi kerak edi”, – dedi Mirzamahmudov.
Avvalroq “Hududgaz Farğona” bergan bayonotda birinçi örinda aholiga gaz yetkazib beriş uçun “Şörsuv sement” boşqa sement zavodlari qatori gazdan uzilgani, lekin korxona özboşimçalik bilan tarmoqqa qayta ulanib olgani ma’lum qilingandi.

















