Ispaniya uchta penaltini aniq tepa olmadi va turnirni tark etdi. Marokash pley-offning asosiy sensatsiyasini amalga oshirdi.

Marokash termasi futbolchilari va bosh murabbiyi ispanlar ustidan g‘alabani nishonlamoqda
Alexander Hassenstein / Getty Images

JCh-2022. 1/8 final. 6 dekabr
Marokash – Ispaniya 0:0. Penaltilar seriyasi: 3:0
Marokash – Bunu, Hakimi, Saiss, Agerd (Al-Yamik, 84), Mazraui (Attiyyot-alla, 82), Amrabat, Amalla (Sheddira, 82), Unai, Ziyosh, Bufal (Ez Abde, 66), An-Nosiri (Sobiri, 82).
Ispaniya – Unai Simon, Laport, Rodri, Alba (Balde, 98), Buskets, Pedri, Gavi (Soler, 63), Lorente, Olmo (Fati, 98), Asensio (Morata, 63), Ferran Torres (Uilyams, 75; Sarabiya, 119).
Ogohlantirishlar: Laport (76), Saiss (90).

Ispaniya avvaliga xorvatlar, keyin Braziliya bilan o‘yindan qochib, guruhda ikkinchi o‘rinni egallagani haqidagi farazlar endi muhim emas. Qolaversa, jahon chempionatida strimlar o‘tkazib, bundan ishlangan pullarni bolalar onkologiyasi uchun xayriya qilayotgan Luis Enrike bunday fikrlarni qat’iy rad etdi. Chindan ham jamoa yarimfinalga yetib borsa, baribir Fransiya yoki Angliyaga to‘qnash kelardi.

Enrike bunday nazariyalarni hali ovlanmagan ayiqning terisini bo‘lib olishga o‘xshatdi. Jamoa hali darvozasini la liganing o‘tgan mavsumdagi eng kuchli o‘yin ko‘rsatgan vakillaridan biri Bunu qo‘riqlovchi Marokash to‘sig‘idan o‘tish talab etilardi. Shu bilan birga «Atlas sherlari» — faqat darvozabondan iborat emas va jamoa Xorvatiya, Belgiya va Kanadadan iborat guruhda birinchi o‘rinni egallab chiqqandi.

Qolaversa, bu imkoniyatlariga qishda bo‘lib o‘tgan Afrika Kubogidagi ishtirokiga qarab ham baho berish mumkin bo‘lgan jamoa ham emas. Birinchidan, Qatardagi turnir boshlanishiga bir necha oy qolganida Vaxid Xalixojich o‘rniga Afrika Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Valid Regragi bosh murabbiy etib tayinlandi. Ikkinchidan, jamoaga sobiq bosh murabbiy davrida chetlatilgan Ziyosh va Mazraui qaytdi.

«Bu o‘yin — Marokash futboli tarixida iz qoldirish uchun imkoniyat», — dedi Regragi. Bu o‘yin arafasida ko‘pchilik Kaliningradda to‘rt yil muqaddam o‘tkazilgan o‘yinni ham esladi. O‘shanda ispanlar Marokashga qarshi o‘yinda yutqazib, guruhda qolib ketishga juda yaqin kelgan, ammo qo‘shimcha daqiqalarda Yago Aspasning goli bilan hisobni tenglashtirgandi. Keyinroq 1/8 finalda uning penaltilar seriyasidagi oxirgi zarbasini Igor Akinfeyev to‘sadi.