Poçta aloqasi xizmatlarini körsatiş qoidalarida 3-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Poçta aloqasi operatorlari va provayderlari poçta aloqasi xizmatlarini (poçta, kurerlik jönatmalarini qabul qiliş, qayta işlaş, taşiş va yetkazib beriş) körsatiş böyiça faoliyatni Umumjahon poçta ittifoqi aktlari, Özbekiston qonunçiligi va uşbu qoidalar asosida amalga oşiradi.
Poçta aloqasi milliy operatori Özbekiston hududida Umumjahon poçta ittifoqi hujjatlariga muvofiq Özbekiston majburiyatlarini bajariş böyiça tayinlangan poçta operatori maqomiga ega.
Umumjahon poçta ittifoqi blanklari va hujjatlari faqat milliy operator tomonidan foydalanilişi mumkin.
Oddiy xatlarni, poçta varaqçalarini va pul mablağlari poçta ötkazmalarini jönatiş böyiça poçta xizmatlarini körsatiş, yozma xat-xabarlarni, bildirişnomalarni, çaqiruv qoğozlarini va boşqa yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni Elektron poçta jönatmalari yagona milliy tizimi orqali yetkazib beriş (topşiriş) Milliy operator mutlaq huquqi hisoblanadi. Milliy operatorga Özbekiston butun hududida universal poçta xizmatlarini majburiy ravişda körsatiş böyiça vazifalar yuklatiladi.
Poçta aloqasi operatorlari va provayderlari huquqlari:
- özlariga tegişli avtotransport vositalaridan, yuridik va jismoniy şaxslarga tegişli, maxsus farqlaş belgilariga ega bölgan transport vositalaridan şartnoma asosida foydalanadi;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan poçta normativlarini hisobga olgan holda, poçta aloqasi obektlari tomonidan körsatiladigan poçta aloqasi xizmatlari röyxatini mustaqil ravişda belgilaydi;
- qonunçilik hujjatlariga muvofiq faoliyat boşqa turlarini amalga oşiradi”.












